• Ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlar
  • Ma’naviyat soxasidagi maqsadlar
  • Ijtimoiy-siyosiy soxadagi




    Download 2,21 Mb.
    bet20/192
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #140803
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   192
    Bog'liq
    Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

    Ijtimoiy-siyosiy soxadagi maqsadlar, o‘z navbatida, qo‘yidagi ikkinchi darajali maqsadlarga bo‘linadi:
    1.1. Ma’muriy-buyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizmi va tuzilmalaridan qutilish;
    1.2. Davlat qurilishining demokratik-xuquqiy tamoyil va me’yorlariga o‘tish;
    1.3. Fuqarolik jamiyatiga o‘tishning poydevorini qurish va boshqa.
    Ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlar xam o‘z navbatida qo‘yidagi ikkinchi darajali maqsadlarga bo‘linadi:
    2.1. Iqtisodiy faoliyat erkinligiga o‘tish;
    2.2. Mulkchilik xilma-xilligiga erishish;
    2.3. Narx erkinligini ta’minlash;
    2.4. Raqobot kurashiga o‘tish;
    2.5. Insonning ishlab chiqarish vositalaridan begonalashuvidan, rejali- taqsimotchilik tizimidan voz kechish.
    2.6. Ko‘p tarmoqli iqtisodga xamda bozor munosabatlariga o‘tish va boshq.
    Ma’naviyat soxasidagi maqsadlar xam:
    3.1. Aqidabozlik va o‘ta siyosatlashtirilgan mafkura xukmronligidan qutilish;
    3.2. Mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalash va boshqa xususiy maqsadlarga;
    Xalqaro-munosabatlar soxasidagi maqsadlar xam:
    4.1. Butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o‘zni chetga olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish;
    4.2. Jaxon xamjamiyatiga kirib borish va uning bilan teng xuquqli xamkorlikka yo‘l ochish va boshqa kichik maqsadlarga bo‘linadi.
    Ikkinchi darajali maqsadlarning xar biri o‘z navbatida qo‘yi bo‘g‘in maqsadlariga bo‘linadi. Masalan, mulkchilikning xilma-xilligiga o‘tish maqsadi (2.2) ning amalga oshirilishi qo‘yidagi qator tadbirlarni ishlab chiqishga va ularning qaysi birini tanlab olinishiga bog‘liq bo‘ladi:
    2.2.1. Davlat korxonalarini aktsionerlik jamiyatiga aylantirish, uning mol-mulki hisobidan chiqargan (emissiya qilingan) aktsiyalarni xalqqa sotish. Aktsiya sotib olgan kishi mulkdorga aylanadi.
    2.2.2. Ijaraga olingan davlat korxonasini, ijarachilar jamoasi tomonidan o‘zi ishlab topgan pulga yoki qarzga sotib olib, uni jamoa mulkiga aylantirish. Bunda yangi mulkdor xalq emas, faqat korxona jamoasi bo‘ladi.
    2.2.3. Davlat mulkini qiymatiga qarab chiqarilgan (emissiya qilingan) sertifikatlar yoki vaucherlarga binoan fuqarolarga bepul berish. Bunda mulk xalq o‘rtasida tarqatiladi, chunki vaucher va sertifikat korxona aktsiyasini olish xuquqini beradi;
    2.2.4. Davlat mulkini faqat tanilgan, ishning ko‘zini biladigan, mas’uliyatni zimmasiga olaoladigan tadbirkorlarga, boshqaruvchilarga (menejerlarga) sotish. Bunda xam ma’lum qatlamgina mulk soxibiga aylanadi.
    2.2.5. Davlat mulkini xorijiy qarzni uzish evaziga chet el firmalari va fuqarolariga berish. Bunda milliy mulk hisobidan xorijiy mulk o‘sadi.
    2.2.6. Davlat mol-mulkini auktsionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish. Bunda xam faqat ma’lum toifadagi kishilargina yangi mulk soxibiga aylanadilar.
    Shunday qilib, maqsadning tobe’ bo‘lishlik, yoyib bo‘lishlik va ranjirlash mumkinligidek sifatlari umumiy maqadni lokal, xususiy va yakka maqsadlarga ajratishga, ularni ustuvorlik darajasiga qarab tartiblash imkoniyatini yaratishga yordam beradi. ¡o‘yidagi sxemada yuqoridagi bosh maqsadimizni (BM) “Maqsadlar shajarasi” ko‘rinishida tasvirlaymiz (2.2-sxema).



    2.2-sxema. Maqsadlar shajarasi.


    Yanada ko‘rimli va tushunarli bo‘lishi uchun 2.2-sxemadagi maqsadlarning o‘zaro xamkorligini, bir-biriga bog‘liqligi va tutashligini daraxt shaklida ifoda etamiz (2.3-sxema).

    2.3-sxema. Maqsadlar shajarasi.


    Boshqarishda maqsadli yondoshuv usuli yoki maqsadli menejment-bu boshqarishning muayyan tizimi bo‘lib unda ikkita unsur bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi:

    • maqsad (pirovard natija);

    • nazorat.

    Bu usulning moxiyati qo‘yidagicha izoxlanadi:

    Har bir rahbar, yuqori pog‘onadan boshlab to quyi pog‘onagacha o‘zining aniq maqsadiga, uni amalga oshirish rejasiga ega bo‘lishi shart.


    Download 2,21 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   192




    Download 2,21 Mb.