• Birinchi xolda
  • Ikkinchi xolda
  • Uchinchi xol maqsadni
  • Menejment va marketing




    Download 2,21 Mb.
    bet23/192
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #140803
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   192
    Bog'liq
    Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

    3 pog‘onadagi maqsadlar – maqsadli boshqaruvning o‘zagi hisoblanadi. Bu erga maqsadni amalga oshirish bo‘yicha amaliy tadbirlar ishlab chiqiladi, rejalar tuziladi. Bu pog‘onadagi menejerlarning vazifasi – xar bir xodim oldidagi maqsadni aniqlash va ularni amalga oshirish bo‘yicha aniq usul va vositalarni ishlab chiqishdan iborat.
    Bu pog‘onadagi maqsadlarni aniqlash ancha murakkab jara¸ndir. Chunki bu bo‘g‘inda tashkiliy xarakterga ega bulgan qator muammolarni echishga to‘g‘ri keladi. Masalan, maqsadni kim o‘rnatishi lozim?

    • extimol, o‘zining xodimlari uchun tegishli maqsadni rahbarning o‘zi belgilashi o‘rinlidir?

    • extimol, xar bir xodim o‘z maqsadini o‘zi belgilagani ma’quldir?

    • extimol, maqsadni boshliq bilan itoat etuvchining xamkorligida belgilash to‘g‘ridir?

    • extimol, qo‘shimcha ravishda chetdan mutaxassisni taklif qilish maqsadga muvofiqdir?

    Birinchi xolda, ya’ni rahbar itoat etuvchining maqsadini belgilashni to‘la-to‘kis o‘z zimmasiga olsa bu degan so‘z boshqarish: “Men ma’qul topdimmi, men talab qildimmi - shuni bajar. Vassalom” qabilida amalga oshiriladi. Tabiiy, bunday ¸ndashuv korxonada ixtiloflarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi, chunki itoat etuvchining xoxishi, fikri bu erda inobatga olinmaydi. Bunday ¸ndashuv noto‘g‘ridir. ¥amma gap shundaki, xech qanday rahbar o‘z xodimining saloxiyatini, qobiliyatini, iste’dodini to‘la-to‘kis bila olmaydi.
    Ikkinchi xolda, aksincha. Bunda itoat etuvchining o‘ziga o‘z maqsadini aniqlashga to‘la-to‘kis erkinlik beriladi. Birok bu erda xavfli vaziyatlar vujudga kelishchi mumkin. Masalan, xodim korxonaning umumiy maqsadini to‘la tushunmay unga zid maqsadlarni o‘zining oldiga vazifa kilib qo‘yishi mumkin. Bu narsa xodimning bilim saviyasiga, o‘zining imkoniyatlarini to‘la anglay olmasligi natijasida xam sodir bo‘lishi mumkin.
    Uchinchi xol maqsadni aniqlashda eng maqbul usul hisoblanadi. Chunki bu usulda maqsadni belgilashda xar ikkala tomonning manfaati bilan korxona maqsadining mushtarakligi ta’minlanadi. Bu ishda qo‘shimcha ravishda chetdan mutaxassisni taklif etish xam foydadan xoli bo‘lmaydi.
    4 pog‘onada korxonaning erishgan natijasiga, ya’ni maqsadning qay darajada bajarilgan­ligiga – baxo beriladi. Bu missiyani korxonaning yuqori pog‘onadagi rahbarlari bajaradi.
    Nixoyat, maqsadli ¸ndashuv usulining so‘nggi pog‘onasida oldindan qabul qilingan rejalarga ayrim tuzatishlar kiritish masalasi turadi. Bunday tuzatishlarga, odatda, hisobga olinmagan omillar natijasida ayrim murakkab maqsadlarning amalga oshmaganligi sabab bo‘lishi mumkin.

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   192




    Download 2,21 Mb.