|
Menejment va marketing
|
bet | 24/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininMaqsadli boshqaruv usuli bu usul o‘zining bir qator afzalliklariga ega. Yaxshi tashkil etilgan maqsadlar bo‘yicha boshqaruv usuli:
Korxona boshqaruv tizimini takomillashtirishga ¸rdam ko‘satadi;
Xar bir xodim va umum korxonaning yuksak natijalarga erishishga imkon tug‘diradi;
Xar bir xodim rejasini barcha bo‘g‘inlar rejalari, shuningdek, korxonaning strategik rejasi bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlaydi;
Raxbarlardan aniq va bajarilishi mumkin bo‘lgan maqsadlarni qabul qilishni talab qiladi;
Aniq miqdoriy ko‘rsatkichlar ¸rdamida erishilgan natijaga ob’ektiv baxo berish imkoniyatini beradi;
Xodimlar bo‘yicha majburiyat va vakolatlarni taqsimlash yo‘li bilan ulardan to‘g‘ri va samarali foydalanishga ¸rdam beradi;
Erishilgan natijalarga qarab xodimlarning xizmat pog‘onalariga ko‘tarilishini borgan sari ko‘paytiradi;
Istiqbolli bo‘lajak rahbarlar safini aniqlashga imkon tug‘diradi;
Raxbarlar bilan itoat etuvchilar, rahbarlar bilan rahbarlar o‘rtasida munosabatlarning uyg‘unligini ta’minlashga va bu jara¸nning yaxshilanib borishiga o‘z xissasini ko‘shadi;
Itoat etuvchilarning maqsadlarini belgilab beruvchi rahbarlarni oqilona qaror qabul qilishga undaydi, ularning javobgarligini oshiradi, intizomga chorlaydi;
Xodim va rahbarlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida ularning faoliyatini maqsadga muvofiq ravishda xarakatga keltiruvchi (motivlashtiruvchi) dalillar, sabablar, vajlar majmuini ko‘paytirishga xizmat qiladi va xokazo.
5 Boshqarish funktsiyalari mohiyati, mazmuni,boshqarish asosiy funktsiyalarining tarkibiy tuzilishi.
Dastlab “funktsiya” va “vazifa” iboralarining lug‘aviy ma’nosi to‘g‘risida ikki og‘iz so‘z.
“Funktsiya” - bu lotincha so‘z bo‘lib biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma’nolarni bildiradi.3
“Vazifa” - bu amalga oshirilishi, xal qilinishi lozim bo‘lgan masala, erishilishi lozim bo‘lgan, ko‘zda tutilgan maqsad. Yoki biror bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal.4
“Funktsiya” tushunchasi “vazifa” tushunchasiga nisbatan tor ma’noga ega. Zero, funktsiya faqat o‘z faoliyat doirasidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi. Masalan, marketologning ishini bajarish korxona muxandisining funktsiyasiga kirmaydi, chunki u shu bevosita marketolog faoliyati doirasidagi yumushdir. “Vazifa” esa o‘z faoliyat doirasidan tashqarida xam bo‘lishi mumkin. Boshqarish funktsiyasi deganda u yoki bu ob’ektni boshqarishga oid aniq vazifalarni xal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmuasi tushuniladi.
Demak, boshqaruv muayyan funktsiyalar orqali amalga oshiriladi. Funktsiyalarni aniqlash, ularning moxiyatini ochish va o‘rganish boshqaruv jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishning muxim shartidir.
|
| |