|
Menejment va marketing
|
bet | 22/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininMaqsadning tob’eligi deganda maqsadni qo‘yish va uni amalga oshirishning mavjud shart-sharoitlarga bog‘liqligi, ¸xud strategik maqsadning qator taktik maqsadlarga, istiqboldagi maqsadning esa o‘rta va qisqa muddatli maqsadlarga bog‘liqligi, bir maqsadning boshqa maqsadga bo‘ysinishi tushuniladi.
Maqsadning ¸yib bo‘lishligi sifati deganda uning
o‘z moxiyati bo‘yicha;
amalga oshirish davri (vaqti) bo‘yicha;
pog‘onalar bo‘yicha;
bo‘g‘inlar va xokazalar bo‘yicha bir qator lokal va xususiy maqsadlarga ¸yilishi tushuniladi.
Maqsadning o‘zaro munosabat (bog‘lanish)da bo‘lishlik sifati deganda uning muximligi jixatdan ranjirlanishi, tartiblanishi tushuniladi. Maqsadning bu jixati barcha lokal, xususiy va yakka maqsadlarni ustuvorligi bo‘yicha tartiblash, shuningdek mazkur maqsadlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq amaliy tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Maqsadning muayyan ierarxiyaga ega ekanligi, ya’ni bir maqsadning boshqa bir maqsadga bo‘ysinishi (tob’e bo‘lishi), yuqori maqsadning quyi maqsadlarga ega bo‘lishi (¸yib bo‘lishligi), maqsadlarning bir-biri bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi ularni qandaydir bir tartibga solish zaruriyatini tug‘diradi. Bunday vazifani bajarish uchun menejment fanida “maqsadlar shajarasi” deb atalgan maxsus usul qo‘llaniladi.
Maqsadli yondoshuv usuli besh pog‘onadan iborat.
1-pog‘onadagi maqsadlar korxonaning strategik rejalashtirishiga taalluqli. Ularni korxonaning yuqori pog‘onasidagi menejerlar ishlab chiqadi. Ular ulkan masalalarni aniqlashga, korxona ichki qadriyatlari va rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishga javob berishadi xamda o‘rta bo‘g‘in menejerlari ishlarini boshqaradilar. Ularning namunaviy unvonlari Prezident, bosh ijrochi direktor yoki vitse prezidentdir.
2-pog‘onadagi maqsadlar oliy va o‘rta darajadagi menejerlar tomonidan belgilanadi. Ular unchalik uzoq muddatda bo‘lmagan, aniq davrga mo‘ljallangan maqsadlardir. Odatda bu maqsadlar korxonaning aniq faoliyat soxalari miq¸sida bo‘ladi. Bular turkumiga:
ishlab chiqarish
moliyaviy
mexnatni boshkarish
marketing
rentabellik kabi soxalardagi maqsadlar kiradi.
Bu soxalardagi maqsadlar odatda miqdoriy ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topadi. Masalan, o‘tgan yilga nisbatan joriy yilda rentabellik darajasini 10 foizga oshirish ¸ki mexnat unumdorligini 18 foizga oshirish kabilar.
|
| |