|
Ik - ishchi kuchi (shaxsiy insoniy omil)
IChv
|
bet | 77/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininIk - ishchi kuchi (shaxsiy insoniy omil)
IChv- ishlab chiqarish vositalari (mexnat predmetlari, ya’ni xom ashyo, materiallar va mexnat qurollari, ya’ni mashina, asbob uskunalar, ulchash, hisoblash asboblari va x.k.).
ICh - ishlab chiqarish jarayoni
T - taqsimot
A - ayirboshlash
I - iste’mol
Ishlab chiqarish jarayonida maxsulot yaratiladi va u taqsimot, ayirboshlash orqali iste’mol qilish bilan tugallanadi.
Ishlab chiqarish muxitida boshqarish faoliyatining asosiy maqsadi - bu ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori foyda olishdir. Foyda olish esa:
ishlab chiqarish omillaridan foydalanish samaradorligiga;
investitsiya samaradorligiga;
maxsulot sifati va uning raqobatbardoshliga;
tez va samarali qarorlarning qabul qilinishiga;
yangi texnika va texnologiyaning joriy qilinish darajasi kabi qator omillarga bog‘liqdir.
Demak, ishlabchiqarishni boshqarish bevosita ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir qiluvchi tashqi va ichki omillarni boshqarish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Chunonchi:
¡ayd qilingan ob’ektlarni boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu erda rag‘batlantirish ishlab chiqarishni boshqarishning barcha funktsiyalari jarayonida o‘z aksini topadi.
|
| |