• Sifatli tovar deganda
  • Mashinalar sifatini oshirishning samaradorligi
  • Maxsulot sifatini boshqarish




    Download 2,21 Mb.
    bet78/192
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #140803
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   192
    Bog'liq
    Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

    Maxsulot sifatini boshqarish deganda buyumlarni iste’molchilar talablariga butunlay mos keluvchi sifat tasniflari bilan ishlab chiqarishni ta’minlovchi, maqsadga qaratilgan faoliyat tushuniladi.
    Maxsulot sifatini baxolash va uni boshqarish zaruriyati:

    • rejalashtirish va istiqbolni belgilashda:

    • yangi maxsulot yaratish variantini tanlashda;

    • normativ (me’yoriy) xujjatlarni ishlab chiqishda;

    • maxsulot sifatini nazorat qilishda;

    • maxsulot sifatini oshirgani uchun xodimlarni rag‘batlan-tirishda;

    • sifat to‘g‘risida axborot yig‘ishni tashkil etishda va xakazo xollarda vujudga keladi.

    Sifatli tovar deganda uning mustaxkamligi, chidamliligi, iste’mol xususiyatlari, tashqi ko‘rinishi standartlashtirilganlik va takomillashtirilganlik darajasi, tayyorlanish texnologiyasi va boshqalarni o‘zida jam etgan tovar tushuniladi.
    Maxsulot sifati mazkur tovardan, ma’lum ijtimoiy extiyojning mazkur iste’mol qiymatidan qoniqqanlik darajasini ifodalaydi. Maxsulot sifati xom-ashyo, ishlab chiqarish vositalarining sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samarada namoyon bo‘ladi.
    Xomashyo sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samara:

    • materiallar sarfi normalarining kamayishida;

    • unga ishlov berishga qilinadigan mexnat sarfining qisqarishida;

    • pirovard maxsulot chiqishning ko‘payishida;

    • maxsulot sifatining yaxshilanishida namoyon bo‘ladi.

    Mashinalar sifatini oshirishning samaradorligi:

    • mexnat unumdorligining oshishida;

    • mashinalar chidamliligining uzayishida;

    • zaxiradagi mashinalarga bo‘lgan talabning qisqarishida;

    • ta’mir talab mashinalar sonining kamayishida;

    • kapital sarflariga bo‘lgan tejamkorlikda namoyon bo‘ladi va xokazo.


    Download 2,21 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   192




    Download 2,21 Mb.