|
Ik - ishchi kuchi (shaxsiy insoniy omil)
IChv
|
bet | 86/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininIk - ishchi kuchi (shaxsiy insoniy omil)
IChv- ishlab chiqarish vositalari (mehnat predmetlari, ya’ni xom ashyo, materiallar va mehnat qurollari, ya’ni mashina, asbob uskunalar, ulchash, hisoblash asboblari va h.k.).
ICh - ishlab chiqarish jarayoni
T - taqsimot
A - ayirboshlash
I - iste’mol
Ishlab chiqarish jarayonida mahsulot yaratiladi va u taqsimot, ayirboshlash orqali iste’mol qilish bilan tugallanadi.
Ishlab chiqarish muhitida boshqarish faoliyatining asosiy maqsadi - bu ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori foyda olishdir. Foyda olish esa:
ishlab chiqarish omillaridan foydalanish samaradorligiga;
investitsiya samaradorligiga;
mahsulot sifati va uning raqobatbardoshliga;
tez va samarali qarorlarning qabul qilinishiga;
yangi texnika va texnologiyaning joriy qilinish darajasi kabi qator omillarga bog‘liqdir.
Demak, ishlabchiqarishni boshqarish bevosita ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir qiluvchi tashqi va ichki omillarni boshqarish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Chunonchi:
ishchi kuchini boshqarish;
ishlab chiqarish vositalarini boshqarish;
texnika va texnologiyani boshqarish;
ishlab chiqarish samaradorligini boshqarish;
mahsulot sifatini boshqarish;
investitsiya samaradorligini boshqarish;
innovatsion jarayonni boshqarish va hokazo.11
Qayd qilingan ob’ektlarni boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu erda rag‘batlantirish ishlab chiqarishni boshqarishning barcha funktsiyalari jarayonida o‘z aksini topadi.
|
| |