|
Ishlab chiqarishni boshqarishda “ob’ekt” va “sub’ekt” tushunchalari
|
bet | 85/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininIshlab chiqarishni boshqarishda “ob’ekt” va “sub’ekt” tushunchalari
Ishlab chiqarish bo‘g‘inlari
|
Boshqariluvchi tizim (ob’ekt)
|
Boshqaruvchi tizim
(sub’ekt)
|
1
|
2
|
3
|
Korxona
| | |
Tsexda
| |
Tsex boshlig‘i va unga bo‘ysinuvchi barcha boshqaruv apparati
|
Uchastkada
|
ishchilarning ish joylari
|
uchastka boshlig‘i va unga bo‘ysinuvchi barcha boshqaruv apparati
|
Ish joylarida
| | |
Boshqaruvning har ikkala tizimi o‘zaro aloqador bir butunni tashkil qiladi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Bir tomondan, boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimga ta’sir ko‘rsatgan holda uning tarkibini o‘zagartiradi, uni muayyan eng qulay va eng muvofiq nisbatga keltiradi. Ikkinchi tomondan esa, boshqariluvchi tizim boshqaruvchi tizimga aks ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, boshqariluvchi tizimning ko‘lami qanchalik katta bo‘lsa, boshqaruv organlari tizimi shunchalik katta bo‘ladi. Boshqariluvchi tizim qanchalik yaxshi uyushtirilgan va uning mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, boshqaruvchi tizim ham shunchalik kichik bo‘ladi.
Ishlab chiqarish ikki turdagi boshqarishni tashkil qiladi:
buyumni, ya’ni mehnat vositalarini boshqarish;
odamlar ( ishchilar)ni boshqarish.
Buyumni boshqarish uning o‘zini ishlab chiqarish jarayonidan iborat. Bu jarayonda ishchilar moddiy boylik olish maqsadida mehnat buyumlariga ta’sir ko‘rsatadilar va boshqarish sub’ekti rolini bajaradilar. Moddiy boylik olish uchun mehnat buyumlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ishchilar ikki turga:
boshqaruvchi tizimda boshqarishning ob’ekti (odamlarni boshqarish);
boshqariladigan tizimda boshqarishning sub’ekti (buyumni boshqarish) sifatida ishtirok etadi.
Shunday qilib, ishlab chiqarishni boshqarish - ishchilarni boshqarishdan iborat bo‘lib, ular o‘z navbatida mehnat vositalarini boshqaradilar. Odamlarni boshqarish ishlab chiqarishda ularning munosabatlariga ham ta’sir ko‘rsatishdir.
Masalan, har bir korxona tsexlararo asosiy va yordamchi tsexlar o‘rtasida, har bir tsexda esa uchastkalararo; o‘z navbatida har qaysi uchastka yoki brigadalarning ishchilari o‘rtasida ishlab chiqarish aloqalari va munosabatlari mavjud bo‘ladi.
Shuningdek, korxonalar boshqa korxonalar bilan maxsulot sotish, ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlash borasida ham ishlab chiqarish aloqalarini o‘rnatadi. Bu munosabatlar kooperatsiya va mehnatni, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish darajasiga bog‘liq.
Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanada. Har qanday ishlab chiqarishda ikki omil - shaxsiy-insoniy omil va moddiy-ashyoviy omil ishtirok etadi. Chunonchi:
I k ICh®T®A®I
IChv
Bu erda,
|
| |