• Sifat menejmenti
  • Inson resurlarini boshqarish
  • Mahsulot sifatiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi




    Download 2,21 Mb.
    bet88/192
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #140803
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   192
    Bog'liq
    Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

    Mahsulot sifatiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:

    • ishlab chiqarish vositalari sifati;

    • xomashyo, materiallar sifati;

    • ishlovchilarning malakasi, ish qobiliyati, uyushqoqliligi, tashabbuskorligi, izlanuvchanligi va ijodiy yondoshuvi;

    • ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sana’ti.

    Sifat menejmenti mahsulot ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifat haqida qayg‘urishni anglatadi. Shu nuo‘tai nazardan sifatni boshqarish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

    • ishlab chiqarishgacha-konstruktsiyalash, samarali texnologiyani, standartlarni ishlab chiqish va hokazo.

    • ishlab chiqarish jarayonida - bu erda yaroqsiz mahsulotni ishlab chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik;

    • ishlab chiqarishdan keyingi bosqich- saqlash, sotish, tashish, xizmat ko‘rsatish va boshqa jihatlar ustidan qattiq nazoratni o‘rnatish.

    Sifatni nazorat qilish ham uch bosqichdan iborat:

    • kelayotgan xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va butlovchi qismlarni tekshirishdan iborat bo‘lgan kirish nazorati:

    • ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar parametrlarni tekshirishdan iborat ehtiyot yoki joriy nazorat;

    • tayyor mahsulotni tekshirishga qaratilgan qabul qilish nazoratlariga bo‘linadi.

    Sifatni nazorat qilish-mahsulot sifati ko‘rsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishdir.
    Xodim” iborasi o‘zbek tilining izohli lug‘atida “biror idora yoki muassasada ishlovchi kishi, xizmatchi” ma’nosida talqin etiladi. Masalan, savdo xodimi, xalq maorifi xodimi, meditsina xodimi, ilmiy xodim va h.k.
    Bugungi amaliyotda xodim va uni boshqarish muammosiga ikki xil yondoshuv mavjud:

    • inson resurslarini boshqarish

    • xodimlarni boshqarish

    Inson resurlarini boshqarish” tushunchasi boshqarishning strategik jihatlarini, shuningdek sotsial rivojlanish masalalarini o‘z ichiga oladi va ularga ustuvorlik beriladi. “Xodimlarni boshqarish” tushunchasi esa ko‘proq kadrlar bilan tezkor ishlashni anglatadi. Agar birinchi yondoshuv davlat miqyosida bandlik va uni muvofiqlashtirish vazifalaridan kelib chiqsa, ikkinchi yondoshuv bevosita korxona darajasidagi mehnat munosabatlari va ularni muvofiqlashtirishdan kelib chiqadi (8.2-jadval).
    Iboralarning turlicha ma’no kasb etishi faoliyat turlari va yo‘nalishi bilan bog‘liq. Chunonchi, “xodim” iborasi ko‘p hollarda kichik (100 kishidan kam band bo‘lgan) korxonalarga, “inson resurslari” iborasi esa 2,5 ming kishidan ortiq band bo‘lgan yirik korxonalarga nisbatan qo‘llaniladi.
    Inson resurslarini boshqarishdagi faoliyat turlari

    Faoliyat sohasi



    Nimaga ustuvorlik beriladi



    Qanday funktsiyalar bajariladi



    Bajarilishi to‘g‘risida kimga ma’lumot beriladi

    Inson resurslarini boshqarish (strategik yondoshuv)

    • mutloq yangi vazifalarni echishga;

    • global, uzoq muddatli vazifalarni echishga.

    • inson resurslarini rejalashtirish

    • shaxsiy qobiliyat va malakani oshirish;

    • korxonaning xodimlarga sarflanadigan xarajat doirasida xodimlar uchun xarajatlarni rejalashtirish

    Korporatsiya Ïrezidentiga

    Xodimlar bilan ishlash (tezkor faoliyat)

    • ma’muriy aralashuvga zaruriyat tug‘iladigan kundalik muammolarni echishga

    • kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish

    • mehnat motivatsiyasini boshqarish

    • texnika xavsizligini nazorat qilish

    • nizolarni hal qilish

    Korporatsiya vitseprezidentiga


    Download 2,21 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   192




    Download 2,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulot sifatiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi

    Download 2,21 Mb.