Sxema. Xodimlarni rejalashtirish




Download 2,21 Mb.
bet90/192
Sana19.01.2024
Hajmi2,21 Mb.
#140803
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   192
Bog'liq
Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

Sxema. Xodimlarni rejalashtirish.
Mavjud xodimlarni baholashda eng avvalo ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi omillarga, xususan mehnat bozoridagi vaziyatga e’tiborni qaratmoq lozim. Zero, mehnat bozoridagi holat ko‘p jihatdan quyidagilarga bog‘liq:

  • aholi soni, yoshi, jinsi salmog‘idagi o‘zgarishlarga;

  • tarmoq va xududiy bandlikdagi o‘zgarishlarga;

  • qo‘shimcha ishchi kuchini yollash darajasiga;

  • ishlab chiqarish hajmi, tarkibi va qsish sur’atiga;

  • mehnat resurslarini boshqarish usuliga va hokazo.

Ichki omillarni baholash uchun quyidagi ma’lumotlar tahlilini bajarmoq zarur;

  • doimiy band bo‘lgan xodimlar soni, familiyasi, yashash joyi, ishga qabul qilingan vaqti va hokazo;

  • xodimlarning tarkibi (malakasi, mutaxassisligi, yosh tarkibi, milliy tarkibi, nogironlar salmog‘i, ishchi va xizmatchilar, ITX salmog‘i va hokazo).

  • xodimlar qo‘nimsizligi;

  • ish kunining davomliligi (tqliq yoki qisman bandligi, necha va qaysi smenada ishlashi, ta’tilning davomliligi va hokazo)

  • ish haqi, uning tarkibi, qo‘shimcha ish haqi, ta’rif yoki ta’rifdan yuqori to‘lov va hokazo.

  • davlat yoki huquqiy tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan sotsial- maishiy xizmat (sotsial ehtiyojlarga ajaratiladigan mablag‘)lar.

Qayd qilingan tashqi va ichki omillarning ta’sirida mehnat bozoridagi vaziyat o‘zgarib turadi va shunga mos ravishda mehnat resurslariga bo‘lgan talab va taklif kqlami aniqlanadi.
Mehnat resurslariga bo‘lgan talabni rejalashtirish xodimlarni rejalashtirish jarayonining boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, uni tuzishda quyidagi ma’lumotlar asos vazifasini bajaradi:

  • mavjud va rejalashtirilayotgan ish joylari;

  • tashkiliy va texnik tadbirlar rejasi;

  • shtatlar ro‘yxati va bo‘sh lavozimlarni tqldirish rejasi.

Aniqrog‘i, xodimlarga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirishda mahsulot ishlab chiqarish rejasi, mahsulot birligiga sarflanadigan vaqt normasi va bir yilda o‘rnatilgan ish vaqti fondidan foydalaniladi. Amaldagi texnologiya darajasi doirasida xodimlarga bo‘lgan talabni rejalashtirish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

Bu erda:

Download 2,21 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   192




Download 2,21 Mb.