|
Menejment va marketing
|
bet | 81/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininBoshqaruv xarajatlari:
axborot olish va uni qayta ishlash;
boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar;
ilmiy ishlanmalar, loyihalash, tajriba va seriyali ishlab chiqarishni o‘z ichiga oluvchi bosqichlar xarajati;
mahsulotlardan foydalanish xarajatidan iboratdir.
Boshqacha qilib aytganda, bunga boshqaruvning barcha funktsiyalarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlar kiradi.
Ko‘rsatkich – bu biror narsaning rivoji, o‘zgarishini bildiruvchi belgi yoki narsa. Ko‘rsatkichlar mutloq va nisbiy ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Mutloq ko‘rsatkichlar aniq sharoitda sodir bo‘lgan voqea va hodisaning miqdorini, hajmini, qiymatini ifodalaydi. Nisbiy ko‘rsatkichchlar esa u yoki bu mezonning intensivlik darajasini tavsiflaydi.
Boshqarish ob’ekti faoliyatini tavsiflash uchun quyidagi samaradorlik mezonlari qo‘llaniladi:
* Umumlashtiruvchi mezonlar:
R esurslar samaradorligi max
X arajatlar samaradorligi max
* Xususiy meezonlar:
mahsulot ishlab chiqarishga eng kam jonli mehnat sarflash;
eng kam moddiy resurslar sarflash;
eng kam moliyaviy resurslarni sarflash.
* Sifat mezonlari:
yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish;
shartnomalarni muddatida bajarish;
xodimlarning barqarorligi;
raqobatbardosh texnologiyaga erishish va h.k.
Binobarin, boshqarish jarayoni samaradorligini oshirish berilgan mezonlar yoki mezonlar tizimiga muvofiq ravishda boshqaruvchi organ tomonidan muayyan natijaga erishish maqsadida aniq ob’ektni eng qulay, eng samarali boshqarish usullarini topishdan iboratdir.
Boshqaruv sub’ekti faoliyatini tavsiflash uchun qo‘yidagi samaradorlik mezonlari qo‘llaniladi:
* Boshqarish tizimidagi moliyaviy xarajatlarni tejash.
boshqarish apparati xarajatlarining kamayishi boshqariluvchi tizim samaradorligining iqtisodiy mezoni bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda boshqaruv apparati shtatlarini oqilona qisqartirish, xizmat safarlarini kamaytirish kabilar tejamkorlikning muhim omillari ekanligini ta’kidlash zarur.
* Boshqarish tizimida jonli va buyumlashgan mehnatni tejash.
Bu mezon kuchlarni eng ko‘p darajada tejash va mehnatdan eng unumli foydalanishni ko‘zda tutadi. U sermehnat ishlar va operatsiyalarni qisqartirishda, moddiy va mehnat vositalarini tejashda ifodalanadi.
Mehnatni tejashga boshqaruv tarkibi va texnologiyasi jarayonlarini ratsionalizatsiyalash, boshqaruv apparatidagi mehnatni kompyuterlashtirish yo‘li bilan erishiladi.
* Ayrim operatsiyalarni bajarishga va butun boshqaruv jarayoniga sarf bo‘ladigan vaqt.
Bu mezonda bosh omil vaqtdir. Axborot to‘plash va uni qayta ishlashga, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularni amalga oshirishga sarf bo‘ladigan vaqtni har tomonlama qisqartirish; biznes rejani tuzishga ketadtigan vaqtni qisqartirish, tezkor topshiriqlarni etkazish muddatini tezlashtirish, faoliyat natijalarini tezkorlik bilan baholash bilan iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilashga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.
¡ayd qilingan mezonlarning har biri mazkur davr uchun iqtisodiy-siyosatda belgilangan maqsadlardan, korxona yoki tarmoqning aniq ish sharoitilari e’tiborga olingani holda boshqaruv faoliyatiga baho berish uchun tanlab olinishi kerak. Boshqaruv tizimining turli vazifalarini maqsadga muvofiqlashtirish uchun ham mezon tanlanadi.
|
| |