Innovatsion tashkiliy tizimni qayta qurish




Download 2,21 Mb.
bet82/192
Sana19.01.2024
Hajmi2,21 Mb.
#140803
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   192
Bog'liq
Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

Innovatsion tashkiliy tizimni qayta qurish.
Mahsulotni hozirgi davr texnologiyalarida ishlab chiqarish e’tiborga sazovordir. Yangi texnologiyani tadbiq etishda mahsulotning «hayotiy tsikli» rol o‘ynaydi. Hayotiy tsikl – loyihani yangi texnikaga tadbiq etilishi va iste’molchini talabini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha bosqichlardan iborat.
Boshlang‘ich hayotiy bosqichda yagona texnik topshiriq bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi. Ular quyidagilardan iborat: yagona texnik topshiriqni ishlab chiqish, izlanish yo‘nalishini tanlash, nazariy va amaliy izlanishlar, ilmiy izlanishlar natijasini umumlashtirish va bah
olash.
Ikkinchi hayotiy bosqichda amaliy konstruktorlik ishlari amalga oshiriladi. Bunda konstruktorlik hujjatlari ishlab chiqiladi, texnik takliflar, eskiz loyiha, texnik loyiha, konstruktorlik hujjatlashlar. Amaliy konstruktorlik ishlaridan yangi texnologiyalarni yaratishda foydalaniladi.
Hayotiy tsiklning keyingi bosqichlarida mahsulot, ya’ni yangi texnologiyani ishlab chiqarishga qo‘yiladi.
Yangi texnikani quyidagi topshiriqlar bajarilgandan so‘ng, ishlab chiqarishga tadbiq etiladi: yangi texnologiya ishlatish uchun, yangi texnikadan mahsulot chiqarib topshirish uchun, kamchiliklarni to‘g‘rilash.
Bu bochqichlarni o‘tgan texnika yangiliklari bozorga olib chiqilishi mumkin.
Hayotiy tsiklning yakuniy bosqichida yaratilgan texnologiya iste’molchi tomonidan foydalaniladi.
Menejer vaqtdan yutish uchun yuqorida aytib o‘tilgan barcha bosqichlarning bajarilish vaqtini bilishi zarur. Yangilikni yaratishda bilim darajasi katta rol o‘ynaydi. Chunki ilmiy izlanish bosqichida yangilik yaratishga asos yaratiladi. Bu erda avtomatlashtirilgan sistemada ilmiy izlanish olib borish alohida o‘rin tutadi. Bu quyidagi imkoniyatlarni ochib beradi:

  • Mashinaning “xotira”sidagi barcha qonunlar va axborotlar ishlatiladi.

  • Vaqt tejaladi.

  • Axborotlarning ba’zi qismi tekshiruv o‘tkazilayotgan joyga o‘zgarishsiz uzatiladi.

  • Mahsulotning konstruktsiyasini kompyuterda ishlab chiqish.

  • Mahsulotning sifatini va ishlatish uchun osonligini tekshirish.

Hayotiy tsiklning barcha bosqichlarida mashinani rivojlantirishning yana bir metodi funktsional qiymat tahlilidir.
Bu metod birinchi bo‘lib, AQSh da 1947 yilda «Djeneral elektrik» kompaniyasida ishlab chiqildi. Injener Lourens D. Mayls shunday degan: ishlab chiqarishda to‘xtalishlarni oldini olish uchun avvalambor, mahsulotning iste’molbopligi va texnik funktsional qismlarini tahlil qilish zarur. Bundan maqsad qancha tovar ishlab chiqarilganda tovar talab va ehtiyojni qondirishini aniqlashdir. Kerakli natijani olish uchun ham foyda va xarajatlar o‘rtasidagi proportsiya muhimdir.



Download 2,21 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   192




Download 2,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsion tashkiliy tizimni qayta qurish

Download 2,21 Mb.