|
-mavzu: Mexnat jamoalarini rejalashtirish va boshqarish
|
bet | 83/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin9-mavzu: Mexnat jamoalarini rejalashtirish va boshqarish
Mexnat jamoasini boshqarish tushunchasi. Inson resurslarini boshqarish moxiyati
Xodimlarni boshqarish tizimi, xodimlarni boshqarish tamoyillari
Xodimlarni rejalashtirish bosqichlari
4. Ishga qabul qilinadigan xodimlarga qo‘yiladigan talablar
Ob’ektiv dunyo ikki sohadan: jonsiz va jonli tabiatdan tashkil topgan. Har ikkala soha doimo rivojlanishda va harakatda bo‘ladi. Shu sababli ular boshqarishga muhtojdir. Shunga binoan boshqaruv ham ikkita asosiy turga bo‘linadi:
Boshqarishning bu turlaridan har biri, o‘z navbatida, bir necha xillarga bo‘linadi. Masalan, jonli tabiatni boshqarish:
jamiyatni boshqarish;
jamoat tashkilotlarini boshqarish;
ishlab chiqarishni boshqarish;
xodimlarni boshqarish kabilarga bo‘linadi.
Boshqaruv ijtimoiy rivojlanish mahsuli va ijtimoiy mehnat jarayonining ob’ektiv zaruriy unsuridir. Binobarin, harqanday nisbatan katta miqyosda amalga oshiriladigan bevosita ijtimoiy yoki birgalikda qilinadigan mehnat idora qiluvchiga ma’lum darajada muhtojdir. Bu idora quluvchi yakka ishlar o‘rtasida uyg‘unlik o‘rnatadi va ishlab chiqarish organizmining mustaqil organlari harakatidan farq qilib, butun ishlab chiqarish organizmining harakatidan kelib chiqadigan funktsiyalarni bajaradi.
Ishlab chiqarishni boshqarish deganda ishlab chiqarish doirasida amalga oshiraladigan rahbarlik, tashkilotchilik va ma’muriy xarakterdagi a’lohida faoliyat tushuniladi. Bunday boshqarishda ikki tomon:
ijtimoiy-iqtisodiy;
tashkiliy-texnik tomonlar farq qilinadi. Bu har ikkala tomonlar o‘zaro bog‘liqdir, lekin ishlab chiqarishning borishiga ijtimoiy-iqtisodiy tomon hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi, chunki ishlab chiqarishni boshqarish eng avvalo, odamlarni, ularning mehnatini boshqarishdir.
Ijtimoiy mehnat taqsimotiga ko‘ra boshqaruv sanoat ishlab chiqarishini, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini, transportni, savdoni va hokazolarni boshqarishga bo‘linadi. Xududiy boshqarish darajasiga ko‘ra boshqaruv tuman, viloyat, mamlakat miqyosidagi ishlab chiqarishni boshqarish turlariga bo‘linadi.
Boshqarishga korxona nuo‘tai nazaridan quyidagicha ta’rif berish mumkin.
|
| |