|
Birlamchi axborot nimasi bilan ikkilamchi axborotdan farq qiladi?
|
bet | 6/18 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 51,5 Kb. | | #151499 |
Bog'liq Меnejment. Marketing-fayllar.orgBirlamchi axborot nimasi bilan ikkilamchi axborotdan farq qiladi?
Marketing xususidagi to’plash manbalarini shartli ravishda birlamchi va ikkilamchi turlarga bo’lish mumkin. Birlamchi ma’lumotlarga tayinli maqsad uchun ilk bor yangidan tashkil etilgan ma’lumotlar, axborotlar kiradi.Ikkilamchi ma’lumotlarga esa dastlabki boshqa maqsadlar uchun yig’ilgan,qayta ishlangan, turli manbalarda ( jumal, hisobot, axborot byulletenlari va hokazolar) mavjud bo’lgan axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’Iumotlami to’plash manbalari tegishli tashkilotlaiga taalluqli bo’llish yoki bo’lmasligiga ko’ra, o’z navbatida ichki va tashqi turlarga bo’linadi.
Ichki ikkilamchi ma’lumot manbalariga tashkilotda yuritilayotgan joriy buxgalteriya, moliya va statistik hisobotlarda aks ettiriladigan ko’rsatkichlar kiradi. Jumladan, foyda va zararlar, sotib olish va sotish, tovarlar zahiralari, iste’molchilar ko’lami va joylashuvi, narxlar hisob-kitoblari va hokazolar.
Boshqacha qilib aytganda, tashkilot o’z imkoniyatidagi hisobotlar va ma’lumotlarga tayanib, mustaqil tarzda ichki ma’lumotlar tizimini ishlab chiqadi.Amaliy faoliyatda mahsulotlami natural va qiymat o’lchov birliklarida sotuvchi hajmi, narxlaming yil davomida o’zgarishi, xaridorlaming joylashuv xaritasi, tovar zaxiralarining o’zgarishi va shu kabi muhim ma’Iumotlami tashkilot bevosita o’zining ichki hisobot tizimi asosida aniqlaydi.
Marketing axboroti tizimiga ta'rif bering.
Marketing axborot tizimi (MAT) – marketing qarorlarini tayyorlash, qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ishonchli axborotlarni tayinlangan vaqtda tahlil qilish va taqsimlashga mo‘ljallangan xodimlar, uskuna va amallar jamlanmasidir. MAT marketing xizmati rahbarlari va mutaxassislari uchun zarur bo‘lgan ichki va tashqi manbalardan olingan ma’lumotlar shaklini o‘zgartiradi. Ichki axborot mahsulotga buyurtmalar, sotuv hajmi, jo‘natilgan mahsulotlar, zaxiralar miqdori, jo‘natilgan mahsulot uchun amalga oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Tashqi manba ma’lumotlari joriy tashqi axborot (marketing razvedkasi) va marketing tadqiqotlari olib borish jarayonida olinadi.
Axborotning to‘liqligi, haqqoniyligi, ishonchliligi, tizimliligi, o‘z vaqtida taqdim etilganligi va davriyligiga nafaqat yangi mahsulot taqdiri, balki ba’zan firmaning taqdiri ham bog‘liq bo‘ladi. Tashkilotlar atrofidagi o‘zgarishlarning tezligi oshib borayotgan sharoitda raqobatda o‘z ishini Bill Geyts “elektron asab tizimi” deb nomlagan eng yangi axborot texnologiyalari asosida tashkil qilganlar yutib chiqadilar. Quyidagi so‘zlar unga tegishli: “Elektron asab tizimi” elektron jarayonlar majmuasidir. Uning yordamida kompaniya dunyoni ko‘radi va mos ravishda undagi o‘zgarishlarga javob qaytaradi, xoh u raqobatchilar qo‘rg‘onidagi yangi hodisa bo‘lsin, xoh mijozlarda yuzaga kelgan yangi talab bo‘lsin.
|
| |