Korxonalar uchun axborot qanday ahamiyatga ega?
Ko’pgina hollarda ushbu axborot manbai tijorat axborot manbai ham deb nomlanadi. Masalan, marketing tadqiqotlari bo’yicha ihtisoslashgan institutlar GFK, “Marketing riserch korporeyshn of Amerika”, “Simmons market riserch byuro”, “A.S.Nilsen” kabi tashkilotlaming bashorotlari, o’z muammo yo’nalishlari bo’yicha amalga oshiigan tadqiqot yakunlari, hisobotlari. Bunday ma’lumotlaming ayrimlari ommaviy tarzda barcha qiziquvchilarga arzonroq ayiiboshlanadi, ayrimlari esa tegishli to’lov evaziga mahsus bajariladi va taqdim etiladi. Masalan, “Marketing riserch korporeyshn of Amerika” firmasi oilalaming xaftalik iste’mol mollari haridi, iste’moli, ayrim chakana savdo korxonalari faoliyati xususida axborotlar tayyorlaydi. “Simmons market riserch byuro” firmasi esa har yili televizorlar bozoridagi o’zgarishlar, sport tovariari, dori-darmonlaming sotuvchi xususidagi axborotlami aholining jinsi, daromadi, yoshi bo’yicha tabaqalanishini tahliliy ma’lumotlar shaklida keltiradi.
Marketingda axborotlarning asosiy roli va ulardan foydalanishning asosiy maqsadlarini ayting.
Har bir marketing tadqiqoti u iste’molchini o‘rganishga yoki bozorni o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lishidan qatiy nazar uning o‘ziga xos usullari, izlanish sxemasi, axborotlar bankiga ega bo‘lishi kerak. Masalan, iste’molchilar haqidagi ma’lumotlar ular yoshi, jinsi, millati, ish faoliyati, moliyaviy ta’minlanganligi va h.k. F. Kotler marketing tadqiqotlari o‘tkazish usullarining shakllanishini, vaqt o‘tishi bilan ularning rivojlanishini va zamonaviy iqtisodiymatematik usullar bilan amalga oshirilish evolyutsiyasini ko‘rsatib o‘tgan (1974 y.).
Tadqiqot maqsadi – muammo aniqlangandan so‘ng tegishli axborotlarni masalan, bozor ulushi, bozor konyunkturasi, raqobatchilar potensiali va boshqalar haqida ma’lumotlar yig‘iladi. Har qanday marketing tadqiqotiga ijodiy yondashish kerak. Marketing faoliyatinig asosiy elementi (marketing tadqiqoti bo‘lganligi uchun) optimal tuzilgan dizayn, zarur axborotlar bazasini yaratish, axborotlar tizimi, internetdan foydalanish tadqiqot samarasini kafolatlovchi muhim omildir.
|