• Joylar marketingi
  • Tashkilotlar marketingi
  • Ijtimoiy marketing
  • Boshqaruvchilik marketingi
  • Demarketing
  • Jamoatchilik xususiyatiga ega bo’lgan g’oyalar marketingi




    Download 51,5 Kb.
    bet3/18
    Sana05.02.2024
    Hajmi51,5 Kb.
    #151499
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Меnejment. Marketing-fayllar.org

    Jamoatchilik xususiyatiga ega bo’lgan g’oyalar marketingi- Maqsadli guruh (yoki maqsadli guruhlar) tomonidan ijtimoiy g’oya, harakat yoki amaliyotni qabul qilishlariga erishish maqsadida amalga oshiriladigan dasturlarni ishlab chiqish, hayotga tadbiq etish va bajarilishini nazorat qilish.
    Joylar marketingi- Alohida joylar, ob'ektlarning joylashishiga nisbatan mijozlarning munosabatini paydo qilish, saqlab turish yoki o’zgartirish bo’yicha faoliyat.


    Ichki marketing- Firma ichida mijozlar bilan ishlaydigan xodimlarni o’qitish va motivlashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan marketing.

    Tashkilotlar marketingi- Mazkur firmani qiziqtiradigan hamma shaxslar va tashkilotlarning munosabatini va xatti-harakatlarini paydo qilish, saqlab turish yoki o’zgartirishga yo’naltirilgan faoliyat.

    Xalqaro (global) marketing- Firmaning xalqaro miqyosdagi faoliyati


    Iste'mol marketingi- Firmalar va pirovard iste'molchilar, jismoniy shaxslar yoki oilalar o’rtasidagi marketing.

    Ijtimoiy marketing- Foyda olishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ymaydigan byudjet (davlat) tashkilotlari tomonidan insonlarning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bo’yicha marketing.

    Innovatsion marketing- Innovatsiyalar, ilmiy-texnika taraqqiyotining yutuqlari, nou-xaularni ishlab chiqish va joriy qilish sohasidagi marketing.

    Tashkiliy marketing- Sotilishlar kontseptsiyasi, bozorlarni topish va tashkil qilishga yo’naltirilgan marketing.

    Boshqaruvchilik marketingi-Tovarlarni yaratish, ishlab chiqarish va taqsimlash bo’yicha marketing.
    4. Remarketing nima va unga misollar keltiring. Demarketing nima va unga misollar keltiring

    Remarketing - bu pasayib boruvchi talab sharoitida ilgarigi marketing kompleksini qaytadan anglash asosida uni tiklash maqsadida qo’llanadigan marketing turi. Marketingning asosiy vazifasi talabni jonlantirishning yangi imkoniyatlarini axtarishdan iborat, ya'ni: tovarga yangi xususiyatlarni berish orqali tovarning hayotiy davrini uzaytirish, yangi bozorlarga kirib borish va hokazo. Umuman olganda, talabning pasayishi vaziyatlari hamma tovar va xizmatlar uchun, har qanday davrlar uchun xos. Shuning uchun marketologlar shuni nazarda tutishlari kerakki, talab pasayish tendentsiyasiga ega bo’lganda, kelajakda bozorni boshqa tomonga yo’naltirish bo’yicha chora-tadbirlar bo’lmaganda, u yanada pasayishi mumkin va shu orqali yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo’llarini cheklab quyishi mumkin.

    Demarketing haddan tashqari katta talab sharoitida, ya'ni tovar yoki xizmatga bo’lgan talab taklifdan ancha katta bo’lgan holda qo’llanadi. Uning vazifasi bo’lib salbiy bozor hodisalari, masalan, chayqovchilikni yo’qotish maqsadida talabni vaqtinchalik yoki doimiy pasaytirish usullarini topish hisoblanadi. Haddan tashqari talabni pasaytirish tovar yoki xizmatlar narxlarini oshirish, reklama kompaniyasini va sotilishlarni rag’batlantirishni to’xtatish orqali hal qilinishi mumkin.


    Download 51,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 51,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jamoatchilik xususiyatiga ega bo’lgan g’oyalar marketingi

    Download 51,5 Kb.