Bozorga kirish va chiqish strategiyasi




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/158
Sana10.02.2024
Hajmi6,3 Mb.
#154089
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   158
Bog'liq
33740 Strategik boshqaruv

 
Bozorga kirish va chiqish strategiyasi 
 
Biznesning yangi sohasiga kirishning quyidagi asosiy strategiyalarini ko’rib 
chiqish mumkin: 
- xarid qilish; 
- yangi ichki korxona; 
- xamkorlikdagi tadbirkorlik. 
Xarid qilishda rivojlangan, yaxshi jixozlangan va kerakli xodimlarga ega bo’lgan 
kompaniyani xarid qilish mumkin. Yangi ichki korxona biror narsaning (binolar, 
asbob-uskunalar, xodimlar, taqsimot kanallarining) yuqligidan yoki boshqacha qilib 
aytganda «bir varaq toza qog’ozdan» boshlanadi. Biror strategiyani tanlash bir qator 
omillarga bog’liqdir: 
- kirish tusiqlari (ular mahsulotlarning differentsiatsiya darajasiga, qiymat 
ustunliklariga va ishlab chiqarish ko’lamidan tejash imkoniyatlariga bog’liq bo’ladi; 
ular qanchalik katta bo’lsa, xarid shunchalik foydali bo’ladi); 
- yangi biznesning kompaniyadagi mavjud bizneslar bilan bog’liqlik darajasiga 
(ular qanchalik katta bo’lsa, kirish tusiqlari shunchalik past bo’ladi); 
- kapital qo’yilmalarning o’zini oqlash tezligiga (shunda xarid yanada foydaliroq 
bo’lishi mumkin). 
- kirishning muayyan modeliga xos xatarga; 
- tarmoqning xayot tsikli bilan bog’liq omillarga. 
Umuman olganda, yangi ichki korxona quyidagi sharoitlarda eng maqbo’l 
bo’lishi mumkin: 
- tarmoq tug’ilish yoki o’sish bosqichlarida bo’lsa; 
- kirish tusiqlari past bo’lganda; 
- yangi o’rta korxonalarning mavjud biznesi bilan yaqindan bog’liq bo’lganda; 
- kompaniya investitsiyalarni qaytarish va xatarlar bilan bog’liq tashvishlarga 
rozi bo’lsa. 
Xarid quyidagi xollarda maqbo’l bo’ladi: 
- yetuklik bosqichidagi tarmoqda; 
- kirish tusiqlari yuqori bo’lganda; 
- yangi biznes mavjud o’rta korxonalarga bog’liq bo’lmaganda (kompaniya 
bog’liq bo’lmagan diversifikatsiya strategiyasiga rioya qilganda); 
- kompaniyada investitsiyalarni qaytarish va yangi tadbirkorlik xatari xaqida 
ortiqcha tashvishlanishni istamaganda. 
Portfel tahliliga oid atamalarda portfeliga «suroq belgilari» ko’proq kerak 
bo’lgan kompaniyalar uchun yangi ichki korxona juda mos keladi. Kompaniyaga 
«rivojlangan g’oliblar» yoki «daromad ishlab chiqaruvchilar» kerak bo’lganda ham 
xaridlar maqsadga muvofiqdir (8.2-jadval). 
8.2-jadval 
O’rta korxonalar portfelidagi nomutanosiblik belgilari va maqbul kirish 
strategiyalari 


92 
Portfelning kamchiliklari 
Kirish strategiyasi 
«daromad» ishlab chiqaruvchilarining 
kamchiliklari 
kompaniyaning yetuk tarmoqlardagi xaridlari 
«g’oliblar»ning kamchiliklari 

«suroq 
belgilari»ning 
yoki 
«rivojlanayotgan 
g’oliblar»ning 
kamchiligi 
paydo 
bo’layotgan yoki o’sib borayotgan 
sohalardagi ichki tadbirkorlik 
SHuni ham nazarda tutish kerakki, sotib olish strategiyasi yetarlicha ishlab 
chiqilmasa, «g’oliblar»ni yoki «daromad ishlab chiqaruvchi»larning o’rniga portfelda 
«kuchuklar» paydo bo’lib qolishi mumkin. Bunga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin: 
- kompaniya turli korporativ madaniyatlarni integratsiyalashga uringanda 
ko’pincha qiyinchiliklarga duch keladi; 
- kompaniya sinergizmning potentsial samarasiga ortiqcha baho beradilar; 
- sotib olish katta xarajatlarga sabab bo’ladi; 
- kompaniyalar ko’pincha sotib olishdan ko’zlanayotgan maqsadlarni aniq 
tasavvur qila olmaydilar. 
Daromadlik 
darajasi. Pul 
yo’qotishlar 
8.2-rasm. Biznes xajmining daromadlarga va pul oqimlariga ta’siri 
Yuqorida aytib utilganidek, portfelni boshqarish texnikasiga oid atamalarda 
yangi ichki korxonalar «suroq belgilari» sifatida ishtirok etadi. Quyidagi tipik 
xatolarni xisobga olish xatolar extimolini kamaytirishga imkon berishi mumkin: 
- kirishning ko’lami kichik; 
- yangi tadbirkorlik yomon tijoriylashtiriladi; 
- korporatsiya menejeri tadbirkorlik jarayonini yomon boshqaradi. 
Biznes kichik yoki katta bo’lganda bozorga kirish hajmi, daromad va pul 
oqimlari o’rtasidagi mutanosibliklarni quyidagi grafik orqali ifodalash mumkin. 
Biznes kichik bo’lganda zararlar ham kichik bo’ladi, biroq o’zoq muddatli 
istiqbolda katta xajmlar qaytish tezligining katta bo’lishiga sabab bo’ladi. 
Ba’zi xollarda kompaniyalar sotib olish strategiyasining ichki yangi 
tadbirkorligini afzal ko’radilar, biroq ular yangi investitsiyalar zarurligidan, yangi 
xatarlardan xavfsiraydilar (masalan, «rivojlanayotgan g’olib»larning tug’ilish va o’sish 
bosqichlarida). Bu ularning xamkorlikda tadbirkorlik qilishlariga olib keladi va yangi 
loyixalarning investitsiyalari va xavfini sug’o’rtalashga imkon beradi. 
Katta xajm 
Kichik xajm 
Vaqt 


93 
Ammo ushbu kirish usulining quyidagi kamchiliklari borligini ham aytib o’tish 
kerak: 
- investitsiyalarni va xatarlarni sug’urtalashdan tashqari, yangi ishning yetarlicha 
daromadli bo’lishi ham kafolatlanishini talab qiladi; 
- bunday xamkorlikka kirishayotgan kompaniyalar «nou-xau»dagi ustunlikni 
qo’ldan boy berib qo’yishlari ham mumkin; 
- xamkorlar, ayniqsa, biznes falsafalari, rejalashtirish istiqbollari, investitsiyaning 
ustivor yunalishlari turlicha bo’lganda bir-birini nazorat qilishlari lozim, aks xolda 
ziddiyatlar vujudga keladi. 
Pul 
oqimlari 
«xosilni yig’ib» 
olish strategiyasining 
boshlanishi 

bozor xajmi 
Tugatish 
8.3-rasm. Hosilni yig’ib olish» strategiyasining pul oqimlariga ta’siri 
Odatda, kompaniyada «yutqazuvchilar» yoki «suroq belgilari» ko’p bo’lsa, 
ba’zida esa «rivojlanayotgan g’oliblar» ko’p bo’lganda ham ketish talab qilinadi. 
Kompaniya bu xolda uch xil strategiyaga ega bo’ladi: 
- «echintirish»; 
- «hosilni yig’ib olish»; 
- «tugatish». 
«Echintirish» biznesni boshqa kompaniyaga sotishni yoki kompaniyaning 
ichkaridan turib boshqarilishini o’z ichiga oladi. «Rivojlanayotgan g’oliblar» yoki 
ba’zi hollarda «suroq belgilari» oson sotiladi, «yutqazuvchilar»ni sotish esa juda qiyin 
kechadi. 
«Xosilni yig’ib olish» kompaniya ushbu tarmoqdan chiqayotganda pul oqimlarini 
oqillashtirish uchun sarmoyalarni qaytarib olishni nazarda tutadi. Ichki pul oqimlarini 
ko’paytirish uchun korxona boshqaruvi yangi sarmoyalarni bartaraf qiladi yoki 
cheklaydi, foydalanish xarajatlarini cheklaydi. ITTKI xarajatlarini pasaytiradi. O’tgan 
omadli davrlar foydasini sarflaydi. Buning samarasi 8.3-rasmda keltirilgan. 
8.3-jadval 
Ketish strategiyasini tanlash 
O’rta korxonalarni tavsiflari 
Qulay tarmoq 
Noqulay tarmoq 
«Rivojlanayotgan g’olib» 
«Echintirish» 
«Yutqazuvchi» 
«xosilni yig’ib olish» / 
«echintirish» 
«xosilni yig’ib olish» yoki 
tugatish 
«Suroq belgisi» 
«Echintirish» 
Tugatish 


94 
Xo’jalikning o’rta bo’g’inlari sotuvlar xajmi bo’yicha bozorni yo’qotadi, biroq 
pul tushumlari xajmi vaqtincha ko’payadi. Bu mablag’lar korporatsiyaning boshqa 
o’rta korxonalarini rivojlantirishga sarflanadi. Pul tushimlari kamaysa o’rta korxonalar 
faoliyati tugatiladi. 
Ketish strategiyasi o’rta korxonalar ta’rifi va tarmoqda raqobatning jadalligiga 
qarab tanlanadi. 

Download 6,3 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   158




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish