21
ochilib turadi. G`o`zaga yoz davomida dehqonlar ishlov berishadi. Asta sekin gul o`rnida
mevalar-ko`saklar kuzda momiq tolalar bilan qoplangan paxta bo`lib
ochiladi. Bolajonlar men sizlarga paxta mavzusida judayam ajoyib videorolik qo`yib beraman
ko`rasizlarmi unda siz paxtani qanday yetishtiradi, yig`ishtirib oladi,
undan nimalar ishlab
chiqariladi, o`zingiz tanishib chiqasizlar. (tarbiyachi videorolikni bolalarga namoyish qilib
beradi).
Bolalar
videorolik sizlarga yoqdimi, ko`rdinglarmi bolajonlar paxta milliy
boyligimizni qanday yetishtirishni va undan nimalar qanday tayyorlanishini.Endi
sizlarga
she`r o`qib beraman: Asom Ziyomatovning “Paxta”
Chanoqlarda oppoq paxta.
Kulib turar qanday baxt-a!
Erkalanib tebranadi,
Yal-yal yonib tovlanadi.
Rahmat senga aziz dehqon,
Uyding bizdan ulkan xirmon.
Mehnatingdan oltin bo`ldik,
Chanoqlarda lim-lim to`ldik.