• Bola
  • Bolalar
  • Tarbiyachi
  • Mening jonajon O`zbekistonim




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/121
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,97 Mb.
    #124460
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   121
    Bog'liq
    Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

    Tarbiyachi: Bolajonlar paxtani rangi qanday bo`ladi? 
    1-bola: Paxtani rangi oq bo`ladi 
    Tarbiyachi: Bolalar sizlarga topishmoqlar aytaman! 
    1. Qorday oppoq 
    Yungday yumshoq (paxta) 
    2. Yerda ko`karib chiqar, 
    Bargida oltin lola (paxta) 
    3. Momiqqina onasi 
    Yog`liqqina bolasi (paxta, chigiti) 
    Bola:Paxta va chigit deb javob beradi. 
    Tarbiyachi: Bolalar kelinglar! Paxta va chigit so`zini bo`ginlarga bo`lamiz 
    Pax-ta, chi-git 
    Bola: 2 bo`gindan iborat 
    Tarbiyachi: Bolajonlar paxta bu bizning oq oltinimiz, undan gazlama yog`, sovun va 
    hayvonlar uchun yemlar olinadi.
    Tarbiyachi:Bolalar gazlamalarni nimalar uchun ishlatamiz? 
    Bolalar: Kiyim – kechaklar uchun  
    Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar oqyog` va sovunlarni nimalarga ishlatamiz? 
    Bola: Oqyog`ni oshpaz opalarimiz mazali taomlar pishirish uchun, sovundi onalarimiz kir 
    yuvishi uchun ishlatishadi.
     
    Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar, bizning eng katta boyligimizdan biri bu paxta 
    hisoblanadi. Kelinglar birgalikda hammamiz sovunda qo`l yuvich mashg`ini bajaramiz. 
    Avval qo`llarimizni yuvamiz so`ng, sovunlaymiz, yaxshilab gupirtirib, so`ng yaxshilab yuvib 
    tashlaymiz.
    Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar 
    Bolajonlar kelinglar birgalikda “Paxta” she’rini yod olamiz 
    Chanoqlarda oppoq paxta 
    Kulib turar qanday baxt-a 
    Yal-yal yonib tovlanadi 
    Rahmat senga aziz inson 
    Olding bizdan ulkan xirmon
    Mehnatindanoltin bo`ldik 
    Chanoqlarga lim-lim to`ldik 
    Tarbiyachi: Kelinglar bolajonlar hammamiz o`rnimizdan turib paxtani ochilishini birgalikda 
    bajaramiz. Hammamiz o`tiramiz, qo`limizni oldiga cho`zibboshimizni egamiz. Asta-sekinlik 


    24 
    bilan o`rnimizdan turamiz, boshimizni ko`tarib, qo`llarimizni ochamiz ana shunday paxtamiz 
    ochildi, bolajonlar yana takrorlaymiz.
    Hamma bolalar mashg`ulotga yaxshi qatnashdilar. 

    Download 0,97 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   121




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish