• Kerakli jixozlar
  • Sizlarchi Tarbiyachi
  • Mening jonajon O`zbekistonim




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/121
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,97 Mb.
    #124460
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
    Bog'liq
    Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

    E’tiborga molik jixat: Bolalar O`zbekiston poytaxti Toshkentligini biladi.
    Poytaxtimizda qanday binolar joylashganini, mustaqillik maydonida nimalar joylashganini 
    biladilar. Qurishyasashda jamoa bo`lib ishlaydilar.
    3- mavzu: Men va mening oilam.
     
    Faoliyatmaqsad: oilasini yaqindan tanishtirib bera olishga, ular kasblarini to`g`ri aytishga, 
    oila muqaddas dargox ekanini o`rganadilar. O`zlaridan kattalarni xurmat qilish tarbiyasi 
    beriladi.
    Kerakli jixozlar: tarbiyachi va bolalarni oilasi tasvirlangan rasmlar (oldindan olib kelish 
    aytilgan bo`ladi). Oila tasvirlangan rasmlar. Tasviriy faoliyat markazidan rangli qog`ozlar, 
    qaychi va qalamlar.
    Faoliyatni borishi: Bolalar mana bu qo`limdagi tasvirlangan, bu bizning oilamiz, turmush 
    o`rtog`im, katta o`g`lim, kichik o`g`lim va qizim. Ular quyidafi ishlar bilan shug`ullanadilar 
    dadamiz tadbirkor, men bog`chada ishlayman, katta o`g`lim haydovchi, kichik o`g`lim talaba, 
    qizim esa o`quvchi. Biz axil oilamiz. Sizlarchi? 
     
    Tarbiyachi: Bolalar oila shunday muqaddas joyki, Vatanimiz mana shu oiladan boshlanadi.
    Oilalar qanchalik tinch va farovon bo`lsa, yurtimiz ham tinch bo`ladi. Oilada hamma bir-
    birini hurmat qiladi. Ota-ona oilaga boshchilik qiladi. Oila xuddi daraxt chizish orqali oilani 
    tushuntirib beradi.
    - Kelinglar endi sizlar bilan tasviriy faoliyat markazida ishlaymiz. U yerda oilamizni 
    tasvirlashga harakat qilamiz. Hammamiz yoqtirgan rangli qog`ozimizdan olamiz va 
    kaftlarimizni uning ustiga qo`yamiz va barmoqlar atrofini chizib, qaychi yordamida qirqib 
    chiqamiz. Mana bunday qilib. (Kaft va barmoqlar). Endi har birimiz barmoqlarimizga ota-
    onamizni, aka-opalarimizni aks ettiramiz. Tarbiyachi bolalarga yoprdamlashadi. Hammamiz 
    o`z oilamizni tayyorlab bo`ldikmi? Tarbiyachi bolalardan izox so`raydi, bilimlarini 
    mustaxkamlab, bolalar ishlarini doskaga huddi daraxt singari yelimlaydi. Mana bolalar har 
    bir oiladan butun bir daraxt bo`ldi, bu esa vatanimizni mana shunday oilalar tashkil etadi, -
    deb tushuntiradi. Oilani sevishni va kattalarga hurmatda bo`lishlarini ta’kidlab, aks holda 
    daraxt bargi to`kilishini aytadi. Bolalarni rag`batlantirib, mashg`ulotni yakunlaydi.




    Download 0,97 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish