9
4. Tetiklashtiruvchi o`yin:
“Uchdi-uchdi” o`yini. Maqsad: Uchdi-uchdi,
nima uchdi deyilganda, aytilgan predmet yoki
qushlar nomini eshitib harakat qiladilar. Adashgan bola she’r aytib beradi.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga badiiy so`z bilan o`ylantirgan holda qushlar patlari,
tuxumlari (sensor tarbiya) bilan tanishishni taklif etishi mumkun.
E’tiborga molik jixat: ilm va turmushni bog`lay olishi, nutq va tafakkurlari rivojlanadi.
8- mavzu: “Serhosil kuz”
Faoliyat maqsadi: Bolalarni kuz fasli haqidagi tushunchalarini
kengaytirish va dehqonlar
haqidagi mehnati bilan tanishtirish.
Jixoz va materiallar: Meva va sabzavotlar, rasmlar, kuz
fasli tasvirlangan rasm plakat,
bolalarni mehmon qilish uchun mevalar.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi bolalarga savol beradi.
- Hozir qaysi fasl?
- kuz faslida qanday o`zgarishlar bo`ladi?
- Kuz fasli haqida kim she’r biladi?
Kirib kelding o`lkamga,
Shamollar bilan kuzjon.
Yomg`irlarni yogdirding,
Barglarni ham toktirding shirt-shitr
(Bolalar o`rinlaridan turib, turgan joylarida yuradilar,
shamol harakatlarini qiladilar,
yomg`irga sakraydilar, qo`llarini bargchalar qilib, sekin o`tiradilar. So`ng turib guruh bo`ylab
tez-tez yuradilar). Shu payt xonaga dehqon bobo kirib keladi.
Bolalar bilan salomlashib, savol-javob o`tkazadi.
- Mevalardan qaysilarni bilasizlar?
- Sabzavotlardan qaysilarni bilasizlar?
- Ular insonlarga nima uchun kerak? Tarbiyachi bolalar bilimini mustaxkamlaydi.
Tarbiyachi: Dehqon bobo siz yetishtirgan mevalar, sabzavotlar
haqida bolalarimiz juda
ko`plab she’rlarni bilishadi. Keling ularni tinglaymiz.
Men sizlarni olmangiz
Homligimda yemangiz.
Nortojiga o`xshab so`ng
Voy qornim deb qolmangiz.
Donalarim marjoncha
Naqd boshim bir jomcha.
Quritsangiz mayizman
Dasturxonga fayzman.
Bolalar bilgan she’rlarini aytib berishadi.
Tarbiyachi: Bobojon keeling sizga bir topishmoq aytaman, topib ko`ringchi?
10
Katta bobom ichkarida, quloqlari tashqarida. (Sholg`om)
Bolalar sizlar ham topinglarchi.
Qat-qat bo`yli qarich to`nli. (Karam)
Dum –dumaloq bo`yi bor
Palovda obro`yi bor. (bexi)
O`zi shirin tuklikgina
Mazasi ham totligina. (shaftoli)
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar.
- Qani menga aytinglarchi mevalarni homligida, yuvmasdan yeb bo`ladimi?
- Yo`q, kasal bo`lishni xoxlamaganlar mevalarni doim yuvib yeydi.
- Demak ona tabiatimiz bizga shuncha inomlar berar ekan uni asrab avaylashimiz kerak.
Bu “Bosh qonunimiz”da belgilab qo`yilgan. 50-moddada nima deyilgan edi,
bir eslab
olaylikchi?