• Suspenziyalar
  • Emulsiyalar
  • Metallurgiya




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/158
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,39 Mb.
    #115552
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   158
    Bog'liq
    pdf (2)

    koagulyatsiya deb ataladi. Ba‘zi kolloid eritmalar koagulyatsiya natijasida iviq 
    massa holatiga o‗tadi, bu holatdagi modda gel (yoki iviq) deb ataladi. Masalan, 3 
    % li jelatina issiq suvda gelga yoki iviqqa aylanadi. Buning sababi shundaki, 
    kolloid zarracha juda ko‗p suv molekulalarini o‗z atrofiga yig‗adi. Ko‗p gellar 
    kundalik turmushda (masalan, jele, marmelad, ba‘zi bir nozu-ne‘matlar) ko‗plab 
    ishlab chiqariladi va foydalaniladi. 
    Dag‗al dispers sistemalar suspenziyalar va emulsiyalarga bo‗linadi. 
    Suspenziyalardispers zarrachalarning o‗lchami 100 nm dan katta, zarrachalarni 
    asbobsiz ko‗z bilan ko‗rish mumkin, oson cho‗kadi, ba‘zan bir necha daqiqa 


    46 
    mobaynida cho‗kadi, oddiy filtrlarda (qog‗oz filtrda) ushlanib qoladi.
    Emulsiyalar–dispers zarrachalarning o‗lchami 100 nm dan katta, ayrim 
    tomchilarni asbobsiz ko‗z bilan ko‗rish mumkin, masalan o‗simlik moyi yoki 
    benzinning suv bilan aralashmasi. 
    Eritmaning eng muhim xarakteristikasi uning konsentratsiyasidir. Eritmaning 
    muayyan miqdorda erigan modda miqdori eritmaning konsentratsiyasi deyiladi.
    Barcha eritmalar o‗zidan elektr tokini o‗tkazishiga ko‗ra ikki sinfga bo‗linadi: 
    elektrolit va noelektrolitlar. Elektrolit eritmalar o‗zlaridan elektr oqimini yaхshi 
    o‗tqazadi. Bunaqangi eritmalarga kislota, asos, va tuzlarning suyuq eritmasi kiradi. 
    Noelektrolit eritmalar ko‗proq organik modda eritmasi kiradi.
    Chin eritmalar – ikki (yoki bir qancha) moddning bir jinsli aralashmasidir. 
    Chin eritmalar har xil agregat ko‗rinishida bo‗lishi mumkin. Asosan suyuq 
    eritmalar to‗g‗risida to‗хtalamiz. Suyuq eritmalar erituvchi va erigan yoki eruvchi 
    moddadan tashkil topadi. Chin eritmada dispers muhit, erituvchi dispers faza 
    eruvchi deb nomlanadi. Erish jarayonida o‗z agregat holatini saqlab qolgan modda 
    erituvchi hisoblanadi. Bir modda ichida boshqa bir moddaning ma‘lum darajada 
    maydalangan zarrachalar hamda taqsimlanishi natijasida hosil bo‗lgan sistema 
    dispers sistema deyiladi. Ma‘lum darajada maydalangan holda taqsimlangan 
    modda dispers faza deyiladi. Bu moddani o‗rab olgan moddalar esa dispers muhit 
    deb ataladi.
    Eritmalar uch sinfga bo‗linadi: ideal eritmalar, cheksiz suyultirilgan eritmalar 
    va real eritmalar.
    Ideal eritmalar deb bir хil agregat holatidagi va istalgan nisbatdagi tarkibiy 
    qismlardan hosil bo‗ladigan, issiqlik effekti ajralmaydigan, hajmi 
    o‗zgarmaydigan, ideal gazlar aralashganda entropiyaning o‗zgarishi sodir bo‗lgan 
    o‗zgarishga ΔS = ΔS ideal hamda ΔV = 0, ΔH = 0 ga teng bo‗lgan eritmalarga 
    aytiladi.
    Cheksiz suyultirilgan eritma – bu хil eritmalarda erigan moddaning 
    konsentratsiyasi cheksiz kichik bo‗ladi. Ideal bo‗lmagan har qanday cheksiz 


    47 
    suyultirilgan eritmada erituvchi ideal eritmalar qonuniga bo‗ysunadi. Erigan 
    modda esa bo‗ysunmaydi.

    Download 3,39 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   158




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish