45
sistemalar jumlasiga kiradi (disperslanish-maydalanish demakdir).
Dispers
sistemalar juda ko‗p bo‗ladi, ular bir-biridan qanday zarrachalar (qattiq, suyuq va
gazsimon) ekanliklari va qanday muhitda (suyuq va gazsimon holatlarga)
aralashganliklari bilan farq qiladi. Masalan, tutun yoki havodagi chang, bunda
havo gazlar
aralashmasi, tutun yoki chang-maydalangan qattiq jism zarrachalaridir.
Tarkibi–dispers muhiti–suv va boshqa suyuqliklar bo‗lgan dispers sistemalar
dispers zarrachalarning o‗lchamlariga qarab haqiqiy eritmalar yoki eritmalar,
kolloid eritmalar, dag‗al dispers sistemalar yoki
suspenziya va emulsiyalarga
bo‗linadi.
Haqiqiy eritmalarning dispers zarrachalari juda kichik o‗lchamlarga ega,
shuning uchun ularni
bir jinsli sistemalar deb ataladi. Zarrachalarning o‗lchamlari
1 nm (10
-9
m) dan kichik bo‗ladi.
Kolloid eritmalarda dispers zarrachalarning o‗lchamlari 1-100 nm, hatto
undan ham katta bo‗lib, bu zarrachalar juda ko‗p
molekula yoki atomlardan
iboratdir. Kolloid eritmalar ba‘zi yuqori molekular moddalarni, masalan, oqsillarni
suvda eritish natijasida, shu bilan birga kimyoviy reaksiyalar oqibatida ham hosil
bo‗ladi. Ularning xarakterli xossasi tiniqligi hisoblanadi.
Ba‘zi kolloid eritmalar qaynatilganida elektr zaryadga ega bo‗lgan
ionlar
desorbsiyalanadi, natijada kolloid zarrachalar yiriklasha boshlaydi va idish tubiga
cho‗kib qoladi.
Kolloid zarrachalarning bir-biriga yopishib, eritmadan cho‗kish
hodisasi