41
9. Harorat va kimyoviy muvozanat bog‗liqligining
matematik ifodalari
qanday?
10. Haroratning ortishi endotermik va ekzotermik reaksiyalar uchun qanday
ta‘sir qiladi?
11. Ikki komponentli fazalar diagrammasi deganda nimani tushunasiz?
12. Termodinamikaning uchinchi bosh qonunining asosiy mohiyati qanday
tushuntiriladi?
12. Plank postulati qanday ta‘rifga ega?
13. Entropiyaning absolyut qiymatini topish formulasi qanday?
14. Molekulyar fizikada issiqlik miqdori. Issiqlik sig‗imi
15. Issiqlik sig‗imining kvant nazariyasi va uning chegaralanganligi.
16. Makroskopik sistema parametrlari.
2-BOB. ERITMALAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI
2.1. ERITMALAR. SUYULTIRILGAN ERITMALAR
Tabiatda va texnikada eritmalarning katta ahamiyati bor. O‗simliklar
moddalarni eritmalar holida o‗zlashtiradi. Ovqatning hazm bo‗lishi oziq
moddalarning eritmaga o‗tishi bilan bog‗liq. Tabiatdagi
barcha suvlar hamda
fiziologik
suyuqliklar-qon, limfa va boshqalar eritmalar hisoblanadi. Ko‗pchilik
kimyoviy reaksiyalar eritmalarda sodir bo‗ladi.