|
Ikki va uch komponentli sistemaning fazali diagrammasiBog'liq pdf (2)
1.4.1. Ikki va uch komponentli sistemaning fazali diagrammasi.
Metall sulfidlari – sulfidli rudalar va shteynlarning asosiy tashkil
qiluvchisidir. Ular turli xil ko‗rinishda mavjud bo‗ladi. Masalan, kovellin – CuS,
xalkozin – Cu
2
S, millerit – NiS, sfalerit – ZnS, galenit – PbS, temir sulfidi – FeS,
pirit – FeS
2
, monoklinik pirrotin – Fe
7
S
8
, geksagonal pirrotin – Fe
12
S
13
va hokazo.
Bularning ichida temirning oltingugurtli birikmalari pirometallurgik jarayonlarda
juda katta ahamiyatga ega. Chunki ular sheynning asosiy qismini tashkil qiluvchi
minerallar hisoblanadi. Bu esa temir va oltingugurtning birgalikdagi holat
diagrammalarini ko‗rishni taqozo etadi. Quyida temir – oltingugurt sistemasining
holat diagrammasi keltirilgan bo‗lib, bu sistemada bitta turg‗un kimyoviy birikma
paydo bo‗ladi. Bu birikmaning nomi – pirrotin (1- faza), formulasi – Fe
x
S
y
(monoklinik – Fe
7
S
8
va geksagonal – Fe
12
S
13
). Bundan tashqari 745
0
C cheklangan
haroratda mustahkam bo‗lgan kimyoviy birikma – pirit (FeS
2
, 2- faza) ham
mavjuddir (6- rasm). Ammo 745
0
C dan yuqori haroratda pirit parchalanadi:
FeS
2
→ FeS + 0,5S
2
Shuni aytib o‗tish joizki, nazariyada kimyoviy birikmaning tarkibi unga
yoziladigan formulaga mos kelmaydi. Masalan, temir sulfidining (ya‘ni
pirrotinning) formulasi Fe
1-x
S ga to‗g‗ri keladi. Bu kristall panjarada temir
atomlarining oltingugurt atomlariga nisbatan x – o‗lchamga kamligini bildiradi.
Demak, x – pirrotinning kristallik tuzilishidagi temirning vakansiyasidir. Bu esa
stexiometrik birikmaning to‗liq bo‗lmaganini bildiradi.
|
| |