28
konsentratsiyasi deyiladi. Ular odatda reaksiyaga
kirishayotgan moddalarning
o‗rta qavsga olingan formulalari bilan belgilanadi, masalan, [H
2
], [N
2
], [NH
3
],
muvozanatmas konsentratsiyalar esa C(H
2
), C(N
2
), C(NH
3
)
kabi belgilanadi.
Kimyoviy muvozanat holatiga reaksiyaga kirishayotgan moddalarning
konsentratsiyasi, harorat, gazsimon moddalar uchun esa bosim ham ta‘sir etadi. Bu
parametrlardan bittasi o‗zgarganida muvozanat buziladi va reaksiyaga
kirishayotgan barsha moddalarning konsentratsiyalari
yangi muvozanat qaror
topgunga qadar o‗zgaraveradi, bu muvozanat konsentratsiyalarning boshqa
qiymatlarida qaror topadi. Reaksiya sistemasining bir muvozanat holatidan
boshqasiga bunday o‗tishi
kimyoviy muvozanatning siljishi yoki
surilishi
deyiladi. Agar sharoit o‗zgarganida oxirgi moddalarning konsentratsiyalari
ko‗paysa, muvozanat reaksiya mahsulotlari tomonga siljigan bo‗ladi, agar
boshlang‗ich moddalarning konsentratsiyasi ko‗paysa, u holda muvozanat
boshlang‗ich moddalar hosil bo‗lishi tomoniga siljigan bo‗ladi.
Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi,
harorat va bosim
(gazlardagi reaksiyalarda) o‗zgarganda kimyoviy muvozanatning siljish yo‗nalishi
umumiy qoida bilan aniqlanadi, bu qoida
siljuvchan muvozanat tamoyili yoki
Le-Shatelye tamoyili deb ataladi.
Kimyoviy jarayonda hosil bo‗ladigan mahsulotlar konsentratsiyasi ma‘lum
miqdorga yetganda reaksiya tezligi kamaya borishi ma‘lum miqdordagi
mahsulotning boshlang‗ich moddalarga aylanishi bilan bog‗langan.
Bunday vaziyatda o‗ng tomonga boradigan reaksiya tezligi bilan chap
tomonga boradigan reaksiya tezligi orasida ma‘lum munosabat kuzatiladi. Bu
munosabat o‗zgarmas bo‗lganda sistema dinamik muvozanat holatiga o‗tadi.
Bunday muvozanatda qarama-qarshi tomon yo‗nalgan reaksiyalar tezliklari bir-
biriga teng bo‗lib vaqt birligida qancha mahsulot hosil bo‗lsa, shuncha miqdorda u
parchalanib boshlang‗ich moddalarga aylanadi.
Bunday sistemalar uchun quyidagi xususiyat mavjud:
a) muvozanat holatidagi sistema tarkibi vaqt o‗tishi bilan o‗zgarmaydi.
29
b) Agar shunday sistemada tashqi ta‘sir natijasida muvozanat buzilsa, u tashqi
kuch yo‗qolishidayoq o‗z holatiga qaytib keladi.
c) Dinamik muvozanatni omillar ta‘sirida xohlagan tomonga
siljitish mumkin
Qaytar reaksiyalar boshlangan vaqtda o‗ng tomonga boradigan reaksiya
tezligi ma‘lum miqdorda moddalar hosil qilib ortib boradi. U maksimal qiymatga
ega bo‗lgandan keyin reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasi kamaya
boradi. Mahsulot miqdori ortib borishi natijasida teskari reaksiya tezligi ham ortib
borishi tabiiydir. Shu jarayon qarama-qarshi tomon borayotgan reaksiyalar tezligi
bir xil kattalikka ega bo‗lguncha davom etadi. Qaytar reaksiyalar holat muvozanat
konstantasi tavsiflaydi. Uning ifodasini keltirib chiqaramiz. Qaytar
reaksiya
aA+bB↔cC+dD
uchun o‗ngga va chapga boradigan reaksiyalar tezlik ifodalari quyidagicha bo‗ladi:
V
o‗
=K
o‗
[A]
a
· [B]
b
va
V
ch
=K
ch
[C]
c
· [D]
d
Bu yerda: K
o‗
va
K
ch
ikkala reaksiyaning tezlik konstantalari. Ikkala reaksiya
tezligi tenglashganda (V
ch
= V
o‗
) K
o‗
[A]
a
· [B]
b
= K
ch
[C]
c
· [D]
d
bo‗ladi.
Har bir qaytar reaksiya uchun bu qiymat ma‘lum sharoitda doimiy kattalikka
ega. U reaksiyada qatnashuvchi moddalar konsentratsiyasiga bog‗liq emas, lekin
harorat o‗zgarishiga sezgir. Enderometrik jarayonlarda harorat ko‗tarilsa,
muvozanat konstantasi kattalashadi va aksincha ekzotermik jarayonlarda esa uning
kichiklashishiga olib keladi. Muvozanat konstantasini hisoblash uchun reaksiyada
qatnashuvchi moddalarning muvozanat konsentratsiyalarini amalda aniqlash talab
etiladi. Bu qiymatlardan boshlang‗ich moddalar konsentratsiyasini
hisoblash
mumkin.
K
M
qiymati qancha katta bo‗lsa, mahsulot unumi shunchalik yuqori bo‗ladi.
Muvozanat holatini katalizator o‗zgartirmaydi, lekin muvozanat holat qaror
topishini tezlatadi. Ya‘ni sistemaning statsionar holat kelishini osonlashtiradi.
Geterogen sistemalarda qattiq yoki suyuq moddalar konsentratsiyasi
gazlarnikiga o‗xshab o‗zgartirmaydi. Ularning konsentratsiyalari reaksiya tezliklari
ifodasiga kirmasligi to‗g‗risida aytib o‗tilgan edi. Shunday holat muvozanat
konstanta ifodasi uchun ham o‗rin topadi.
30
Masalan, C
(q)
+CO
2
↔2CO
(g)
tenglamasi uchun K
M
=P
2
CO
/P
CO2
bo‗ladi.
Har qanday muvozanat holatidagi sistemaga tashqi omillar (reaksiyada
qatnashuvchi moddalar konsentratsiyasi, gazlar uchun tashqi bosim,harorat) ta‘siri
natijasida muvozanat o‗zgarishi kuzatiladi.
Muvozanatning o‗zgarishini 1884-yilda Le-Shatelye ta‘rifladi:
muvozanat