26
deyiladi. Aktivlanish usullaridan biri haroratni oshirish; harorat ko‗tarilganda aktiv
zarrachalar soni ko‗payadi, shuning uchun reaksiya tezligi ham keskin ortadi.
Reaksiyaga kirishayotgan moddalar molekulalarini (zarrachalarini) aktiv
zarrachalarga aylantirish ushun ularga berilishi lozim bo‗lgan energiya
aktivlanish
energiyasi deyiladi. U
E
a
bilan belgilanadi va tajriba yo‗li bilan aniqlanadi hamda
kJ/mol da ifodalanadi.
Kataliz va katalizatorlar haqida tushuncha. Kimyoviy
reaksiyaning
tezligini katalizatorlar yordamida oshirish mumkin, chunki
haroratni oshirgandan
ko‗ra katalizator ishlatgan afzalroq, bundan tashqari
haroratni hamma vaqt ham
oshirish mumkin emas.
Kimyoviy reaksiyalarning tezligini o‗zgartiradigan moddalar
katalizatorlar
deyiladi. Ba‘zi katalizatorlar reaksiyani tezlashtiradi–
musbat kataliz yoki
kataliz,
boshqalari sekinlashtiradi –
manfiy kataliz deyiladi.
Manfiy kataliz ko‗pincha ingibitorlash, reaksiya
tezligini kamaytiruvchi
manfiy katalizatorlar esa
ingibitorlar deyiladi.
Katalizatorlar ishtirokidagi kimyoviy reaksiyalar
katalitik reaksiyalar
deyiladi. Katalizatorning o‗zi reaksiyalarda sarflanmaydi va oxirgi mahsulotlar
tarkibiga kirmaydi. Katalizning ikki turi–gomogen (bir jinsli) va geterogen (bir
jinsli emas) katalizlar bor.