24
2. Sistemadagi zarrachalarning tartibsizlik darajasini belgilaydigan
termodinamik kattalik nima deyiladi?
3. Erkin energiya deganda nimani tushunasiz va metallurgiyada jarayonlarni
qanday yo‗naltirish mumkin?
1.3.
KIMYOVIY MUVOZANAT
Metallurgik jarayonlarda kechadigan kimyoviy
reaksiyalarning mohiyati
boshlang‗ich moddalardagi bog‗lanishlarning uzilishi va reaksiya mahsulotlarida
yangi bog‗lanishlarning paydo bo‗lishidan iborat. Bunda har qaysi element
atomlarining reaksiyadan oldingi va reaksiyadan
keyingi umumiy soni
o‗zgarmasdan qoladi. Bog‗lanishlar hosil bo‗lishida energiya chiqishi,
bog‗lanishlar uzilganda esa yutilishi sababli kimyoviy reaksiyalarda energetik
effekt sodir bo‗ladi. Ma‘lumki, agar boshlang‗ich moddalardagi uziladigan
bog‗lanishlar puxtaligi reaksiya mahsulotlaridagi bog‗lanishlar
puxtaligidan kam
bo‗lsa energiya chiqadi, aks holda yutiladi. Odatda energiya issiqlik shaklida
chiqadi yoki yutiladi. Moddalarning o‗zgarishi
haqidagi tasavvurlar, shuningdek,
ularni sanoatda olishning iqtisodiy samaradorligi kimyoviy reaksiyalarning tezligi
bilan bog‗liq. Kimyoviy reaksiyalarning tezliklari va mexanizmlari haqidagi
bo‗lim kimyoviy kinetika deyiladi. Kimyoviy reaksiyaning
tezligi deganda
sistemaning hajmi o‗zgarmaganda reaksiyaga kirishayotgan moddalardan birining
konsentratsiyasining vaqt birligi ichida o‗zgarishi tushuniladi.