27
Pb birikmalari, ionli birikmalar. Lekin o‗zi katalizator bo‗lmay turib, shu reaksiya
katalizatorlarning ta‘sirini ko‗paytiradigan moddalar ham bor.
Bu moddalar
promotorlar deyiladi.
Qaytar va qaytmas reaksiyalar. Kimyoviy reaksiyalar qaytmaslik va
qaytarlik hususiyatlariga qarab ikki turga bo‗linadi. Faqat bir yo‗nalishda
boradigan va reaksiyaga kirishayotgan boshlang‗ich moddalar oxirgi mahsulotlarga
to‗liq aylanadigan reaksiyalar qaytmas reaksiyalar deyiladi. Qaytmas reaksiyalarda
cho‗kma
tushishi, gaz modda ajralib chiqishi va kam dissotsiyalanadigan modda
hosil bo‗lishi mumkin, masalan,
BaCl
2
+ Na
2
SO
4
= BaSO
4
(oq) + 2NaCl
CaCO
3
= CaO + CO
2
KOH + HCl = KCl + H
2
O
Bir vaqtning o‗zida bir – biriga teskari ikki yo‗nalishda boradigan
reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi. Qaytar reaksiyalarda
tenglik ishorasi
o‗rniga qarama-qarshi strelka qo‗yiladi, masalan, 3H
2
+ N
2
2NH
3
Texnikada qaytar reaksiyalar afzal bo‗lmaydi. Shu sababli ular turli usullar–
harorat, bosim va boshqalarni o‗zgartirish bilan amalda qaytmas qilinadi.
Qaytar reaksiyalar oxirigacha bormaydi va kimyoviy muvozanat qaror
topishi bilan tugallanadi. Masalan, NH
3
sintezi reaksiyasida vaqt birligi ichida
qancha molekula NH
3
hosil bo‗lsa shuncha NH
3
azot bilan vodorodga ajraladigan
holatda muvozanat qaror topadi. Demak, kimyoviy
muvozanatga reaksiyaga
kirishayotgan moddalar sistemasining to‗gri va teskari reaksiyalarning tezligi
o‗zaro teng bo‗lgan holati, deb ta‘rif berish mumkin.
Muvozanat holatida to‗gri reaksiya ham, teskari reaksiya ham to‗xtamaydi,
shuning ushun bunday muvozanat
dinamik muvozanat deyiladi. Ikkala
reaksiyaning ta‘siri bir-birini yo‗qotgani sababli reaksion aralashmada sezilarli
o‗zgarishlar sodir bo‗lmaydi. Reaksiyaga kirishayotgan
barcha moddalarning,
ya‘ni boshlang‗ich moddalarning ham, hosil bo‗ladigan moddalarning ham
konsentratsiyalari o‗zgarmasdan qoladi. Reaksiyaga
kirishayotgan moddalarning
kimyoviy
muvozanati
qaror
topgandagi
konsentratsiyasi