61
Agar 1-jadvalda
keltirilgan metallarning E
o
qiymatlarini
manfiy ishorali
qiymatidan boshlab o‗sib borishi tartibida
joylashtirib chiqilsa,
metallarning
oksidlanish potensiali qatori – metallarning kuchlanishlar qatori hosil bo‗ladi.
Kimyoviy galvanik elementlar. Kimyoviy galvanik
elementlarda elektr
yurituvchi kuch (elektr energiyasi) kimyoviy reaksiya
energiyasi hisobiga hosil
bo‗ladi. Bu хil elementlarga Daniel Yakobi elementi misol bo‗la oladi.
Daniel Yakobi elementi mis va ruх elektrodlaridan tuziladi. Mis elektrod Cu
2+
ioni bor eritmaga (masalan, CuSO
4
eritmaga), ruх elektrod esa Zn
2+
ioni bor eritma
(masalan, ZnSO
4
eritmasi) tushuniladi. Eritmalar chegarasida hosil bo‗ladigan
diffuzion potensiallarni yo‗qotish uchun ular orasiga kaliy yodid (KI) eritmasidan
iborat ―ko‗prik‖ qo‗yiladi.
Metallarning elektrkimyoviy kuchlanishlar qatori yoki standart elektrod
potensiallar qatori (Beketov qatori)