59
K – elektr kimyoviy ekvivalent.
Faradeyning 2-qonuni. Agar turli хil elektrolitlar eritmalari orqal bir хil
miqdorda elektr toki o‗tkazilsa elektrodlarda ajralib
chiqadigan moddalarning
massa miqdori o‗sha moddalarning kimyoviy ekvivalentiga to‗g‗ri proporsional
bo‗ladi.
Har qanday moddalarning ekvivalent miqdorini hosil qilish uchun bir хil
miqdordagi elektr toki miqdorini sarf qilish kerak. Bu
miqdor tokni Faradey soni
(F) deb ataladi. Faradey soni
F elektron zaryadning Avagadro soniga
ko‗paytmasiga teng.
Kl
Kl
e
N
F
A
96485
10
6022
,
1
10
02
,
6
19
23
Har qanday moddaning bir ekvivalent miqdorini
olish uchun eritma yoki
suyuqlanma orqali 96485 Kl miqdorda elektr tokini o‗tkazish kerak.
Nazorat savollari:
1. Elektrolit eritmalari deb qanday eritmalarga aytiladi?
2. Elektroliz jarayonining asosiy mohiyati nimada?
3. Elektroliz jarayonida uchraydigan qonuniyatlarni qaysi olim birinchi
bo‗lib kuzatgan?
2.4. GALVANIK ELEMENTLARNING TERMODINAMIKASI
Oksidlanish potensiali haqida tushuncha. Har
bir element yoki ionning
oksidlovchilik va qaytaruvchilik xususiyatining miqdoriy tavsifnomasi sifatida
oksidlanish potensiali qiymati xizmat qiladi. Oksidlanish potensiali (o.p.)
tushunchasini quyidagi misol bilan tushunib olaylik.
Rux metali bo‗lakchasini (xohlagan biror metall bo‗lakchasi ham xuddi
shunday xossaga ega) uning tuzi (ZnSO
4
) eritmasiga tushirilsa, rux elektrodi hosil
bo‗ladi va elektrodda metallning sirti bilan eritma sirti chegarasida elektrkimyoviy
reaksiya boradi. Bu reaksiya natijasida Zn – plastinkasi
tarkibidagi rux atomlari
ikkitadan elektron chiqarib oksidlana boshlaydi:
Zn
o
– 2e
-
→ Zn
2+
60
Elektronlar metall plastinkasida qoladi, eritmaga Zn
2+
ionlari o‗tadi. Natijada
eritma bilan metall plastinka sirtida qo‗sh elektr (metall manfiy va eritma musbat)
zaryadli qavat hosil bo‗ladi.
Hosil bo‗lgan qo‗sh elektr qavatda zaryadlarning bir nuqtadan ikkinchi
nuqtaga ko‗chishi ro‗y beradi.
Eritma bilan metall plastinkasi sirt chegaralarida zaryadning (yoki
elektronlarning) bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko‗chishi tufayli bajarilgan ish –
shu metall (ion)ning
oksidlanish potensiali deyiladi.
Har qanday element
(ion)ning oksidlanish potensiali E
oksid/qayt
holida belgilanadi va ―volt – v‖,
―millivolt – mv‖ birliklarda o‗lchanadi.
Har bir elektrod potensialining qiymati elementning yoki eritmadagi ionning
tabiatiga, miqdori (konsentratsiyasi) va haroratiga bog‗liq. Bu bog‗lanishni
Nernst