55
Moddalarning tuzilishiga qarab, ularning dissotsiyalanishi
ham turlicha
bo‗ladi. Suvli muhitda gidratlangan ionlarning hosil bo‗lishi quyidagi ikki
mexanizm bo‗yicha boradi:
Ion tuzilishidagi kristallarining eritmadagi dissotsiatsiyasi. Natriy xlorid
NaCl kristallari suvga tushirilganda kristallar yuzasidagi Cl
-
ionlariga suvning
dipollari o‗zining musbat
zaryadlangan tomoni bilan, Na
+
ionlariga esa manfiy
tomoni bilan elektrostatik tortiladi (ion dipol ta‘sir). Ionlarining suv dipollari bilan
bunday o‗zaro ta‘siri natijasida kristallarining ionlari o‗rtasidagi bog‗lanish
bo‗shashadi va ular eritmaga gidratlangan ionlar holida o‗tadi.
Qutbli kovalent bog‗lanishli moddalarning erishidagi dissotsiatsiyasi.
Qutbli molekulalarning (masalan HCl) suv bilan o‗zaro ta‘siri natijasida
(dipol-dipol ta‘siri) dipollararo bog‗lanish vujudga kelib, eruvchi modda
molekulasi qutblanadi. Natijada eruvchi modda ionli holatga o‗tadi
va ionlarga
parchalanadi. Qutbli molekuladan hosil bo‗lgan ionlar ham gidratlanadi.
Bu nazariyani 1887-yilda shved olimi S. Arrenius kashf etdi. Uning
mohiyati quyidagilardan iborat:
1. Elektrolitlar suvda eriganda musbat va manfiy zaryadli ionlarga ajraladi.
Bu jarayonni elektrolitik dissotsiatsiya deb ataladi.
2. Elektr toki ta'sirida musbat zaryadli ionlar katodga, manfiy zaryadli ionlar
anodga tortiladi. Shu sababli ularni mos ravishda kationlar va anionlar deb ataladi.
3. Dissotsiatsiya qaytar jarayondir.
Eritmasi yoki suyuqlanmasi elektr tokini o‗tkazadigan moddalarni
elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarga tuzlar, kislotalar va asoslarning suvdagi
eritmalari kiradi.
Eritmasi elektr tokini o‗tkazmaydigan moddalarni noelektrolitlar deyiladi.
Noelektrolitlarga
kislorod, shakar, glyukoza, mochevina kabi moddalarning
suvdagi eritmalari kiradi.
Arrenius nazariyasining kamchiligi shundaki, u erituvchi va erigan modda
zarrachalarining o‗zaro ta'sirlashuvini hisobga olmaydi. Vaholanki, eritmada ionlar
erkin holda emas, balki gidratlangan holda bo‗ladi:
56
KA + nH
2
O
К
+
(H
2
O)x + A
-
(H
2
O)
n-x
Masalan, vodorod ioni eritmada gidroksoniy ioni holida bo‗Iishi aniqlangan:
H
+
+ H
2
O H
3
O
+
NH
3
+ H
2
O
[NH
4
]OH
Qutbli kovalent bog‗lanishli moddalar molekulalaridagi
atomlar orasidagi
bog‗ qutbli suv molekulalari ta'sirida bo‗shashadi va dissotsiatsiya ro‗y beradi:
HCl
(g)
+ nH
2
O
H(H
2
O)
+
+ Cl(H
2
O)
-
n-1
Erituvchining ionlar orasidagi tortishuv kuchini susaytirish xossasiga
dielektrik o‗tkazuvchanlik deyiladi. Dielektrik o‗tkazuvchanlik shu muhitda
zaryadlar orasidagi tortishuv kuchi vakuumdagiga nisbatan necha marta kuchsiz
ekanligini ko‗rsatadi. Kulon qonuniga binoan
e
1
va
e
2
zaryadlar orasidagi
masofa
r bo‗lsa, ular orasidagi tortishuv kuchi
Q quyidagicha aniqlanadi:
2
2
1
r
E
e
e
Q
bunda:
E — erituvchining dielektrik o‗tkazuvchanligi.
Formuladan ko‗rinib turibdiki, ayni erituvchi uchun E qancha katta bo‗lsa,
tortishuv kuchi shuncha kichik bo‗ladi. Suvning dielektirik doimiyligi eng katta
(E=81).
Kislota, tuz va asoslar suvda eritilganda elektr tokini o‗tkazadigan eritmalar
hosil qiladi. Bu hodisani tekshirish natijasida S. Arrenius 1887-yilda elektrolitik
dissotsiyalanish nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga ko‗ra, elektrolit moddalar
suvda eritilganda ularning molekulalari musbat
va manfiy zaryadlardan
zarrachalarga ajraladi ya‘ni dissotsiyalanadi.
Bunda qanday modda eritilganiga qarab eritmada musbat ionlar – vodorod
hamda metall ionlari va manfiy ionlar gidroksil hamda kislota qoldig‗i ionlari hosil
bo‗ladi. Elektrolitlar eritilganda molekulalarning hammasi emas, balki bir qismi
ionlarga dissotsiyalanadi.
Molekulalarning ionlarga ajralish darajasi dissotsiyalanish darajasi bilan
belgilanadi. Ionlarga ajralgan molekulalar
sonining eritmadagi umumiy
molekulalar soniga nisbati dissotsiyalanish idarajasi (
a) deyiladi.