69
tortilishiga asoslangan. Ana shu hodisa tufayli har bir
ion qarama-qarshi zaryadli
ionlar bilan o‗ralgan. Ion atmosferasining zichligi markaziy ionda eng yuqori
bo‗lib undan uzoqlashgan sari kamayadi. Ion atmosferasining zichligi va o‗lchami
elektrolit eritmasining termodinamik xossalariga bog‗liq.
Odatda, kuchsiz kislota va asoslarning dissotsiyalanish konstantasi
o‗zgarmas haroratda doimiy qiymatga ega. Lekin
elektrolit konsentratsiyasi
oshganda (C > 0,2 mol/1) eritmadagi ionlar soni ortib, ularning o‗zaro va erituvchi
molekulalari bilan ta'siri kuchyadi, bu esa elektrolit dissotsiyalanish konstantasini
o‗zgarishiga olib keladi.
Konsentratsiya va ion kuchi o‗zgarishi bilan dissotsiyalanish konstantasidagi
o‗zgarishlarni tavsiflaydigan kattalik faollik deyiladi.
1907-yil amerikalik olim Lyuis konsentratsiyani to‗laroq
ifodalash uchun
faollik tushunchasini kiritdi. Faollik shunday kattalik bo‗lib, uni massalar ta'sir
qonuni ifodasiga qo‗yilsa bu tenglama har qanday konsentratsiyada o‗rinli bo‗lib
qoladi. Demak, faollik haqiqiy konsentratsiyadir. Faollik quyidagi formula orqali
aniqlanadi:
.
C
a