72
o‗zgarib turadi. Kunduzi tuproq quyoshdan issiqlikni ko‗p yutib isiydi, kechasi esa
aksincha soviydi. Tuproqning isishi va sovishi o‗simliklarning rivojlanishiga katta
ta‘sir ko‗rsatadi. Haydalgan qora tuproq quyosh nurlari ta‘sirida ko‗proq isiydi,
ammo u ustda o‗simlik o‗sib yotgan yer tuproqqa qaraganda tezroq soviydi ham.
Tuproq va havo orasida issiqlik almashuviga ob-havo ham ta‘sir qiladi.
Ochiq bulutsiz tunda tuproq qattiq soviydi. Tuproqdagi issiqlik nurlanish tarzida
to‗xtovsiz tarqaladi. Erta bahorda bunday kechalari tuproqning sirti muzlashi
mumkin. Agar havo bulut bo‗lsa, bulut yerni qoplab olib, tuproqni nurlanish yo‗li
bilan issiqlik yo‗qotishdan saqlovchi o‗ziga xos parda vazifasini o‗taydi.
Issiqxonalar tuproqni va tuproq ustidagi havoning haroratini ko‗tarish
vositalarini biri bo‗lib, quyosh nurlaridan to‗laroq foydalanishga imkon beradi.
Quyoshning ko‗rinadigan nurlarini shisha yaxshi o‗tkazadi,
bu nurlar
qoramtir tuproqqa tushgach uni qizdiradi. Ammo shish yer ustidagi havoni
sovitmay turadi, chunki u yer sirtidan tarqaluvchi ko‗rinmas issiqlik nurlarini
yomon o‗tkazadi.
Shunday qilib, issiqxonalar oynasi issiqlikni tutib qoladi. Issiqxona ichidagi
harorat usti ochiq yerdagi haroratdan taxminan 10
o
C daraja yuqori bo‗ladi.
Issiqlik texnikasi issiqlik almashinuvining nazariy
va amaliy masalalarini
o‗rganadi. Issiqlik almashuv issiqlik oqimi miqdori
Q ga jismlar sirti
S ga issiqlik
almashuv koeffitsiyenti
va haroratlar farqi
2
1
t
t
;
2
1
t
t
ga bog‗liq bo‗lib, u
quyidagicha ifodalanadi:
2
1
Q
S t
t
Bu Nyuton-Puxman formulasi deyiladi.
Bunda
Q
S
2
1
1
t
t
Q
q
S
ga
teng deb olib, buni issiqlik oqimi zichligi deyiladi, va u
2
1
q
t
t
kabi yoziladi.
Haroratlar farqi
2
1
1
t
t
bo‗lganda issiqlik almashuv koeffitsiyenti issiqlik
oqimi zichligiga teng bo‗ladi. Issiqlik almashuvda jismlar orasidagi chegarada
sovuq jismning sekin harakatlanadigan molekulalari bilan issiq jismning tezroq
73
harakatlanadigan molekulalari o‗zaro ta‘sirlashadi.
Natijada molekulalarning
kinetik energiyalari tenglashadi. Sovuq jism molekulalarining tezligi ortadi, issiq
jism molekulalarining tezligi kamayadi.
Issiqlik almashuvda energiya bir turdan boshqa turga aylanadi. Issiq jism
ichki energiyasining bir qismi sovuq jismga uzatiladi.