75
Xulosa: Matematik hisoblardan ko‗rinib turibdiki, gaz molekulasi
ilgarilanma harakatining o‗rtacha kinetik energiyasi mutlaq haroratga proporsional
ekan, bu munosabat jismlarning istalgan holatlari uchun o‗rinlidir. Harorat mutlaqo
nolga yaqinlashgan sari molekulalarning issiqlik harakatining energiyasi ham
nolga yaqinlashgan sari molekulalarning issiqlik harakatining energiyasi ham
nolga yaqinlashadi. Harorat mutlaq nolga yaqin haroratlarda atom va
molekulalarning mexanik harakati Nyuton qonunlariga bo‗ysunmay qo‗yadi.
Mexanik harakatlar yo‗q bo‗lib ketib, faqatgina kvant mexanik harakatlargina
qoladi. Hozirgi vaqtda olimlar muloq nol haroratga erishish maqsadida katta ilmiy
ishlar olib bormoqdalar, chunki absolut nolga yaqin haroratlarda jismlarning o‗ta
o‗tkazuvchanlik o‗ta oquvchanlik va shunga o‗xshash xossalri namoyon bo‗la
boshlaydi, Qattiq jismlarni yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan xossalari hozirgi zamon
mexanika taraqqiyotida muhim rol o‗ynaydi.