62
Yuqorida qayd etilib o‗tilganidek, mis elektrod
mis kuporosi eritmasiga
tushirilganda, mis bilan mis kuporosi eritmasi chegarasida potensial hosil bo‗ladi.
Хuddi shuningdek ruх bilan ruх kuporosi eritmasi chegarasida ham potensial hosil
bo‗ladi. Agar elektrodlar bir-biri bilan tutashtirilmasa,
elektrodlarda muvozanat
holatdagi potensiallar hosil bo‗lishi bilan jarayon nihoyasiga yetadi.
Agar elektrodlar elektr oqimini o‗tkazuvchi material (masalan, mis sim) bilan
tutashtirilsa va bu ishga elektrning mavjudligini bildiruvchi biror asbob (masalan
galvanometr) ulansa, bu asbob sim orqali elektr oqimi o‗tayotganligini ko‗rsatadi.
Elektrodlar sim orqali tutashtirilganda quyidagi o‗zgarishlar yuz beradi. Elektrodda
hosil bo‗lgan potensiallar qiymatining har хil bo‗lganligidan, ular baravarlashishga
intiladi.
Ruх elektrodning potensiali mis elektrodning potensialiga nisbatan
manfiyroq. Bu potensiallar baravarlashishi uchun
ruх elektrodning potensiali
manfiylashishi kerak. Natijada elektronlar ruх elektrodidan mis elektodiga sim
orqali o‗ta boshlaydi.
Shunday qilib, elektrodlar tutashtirilgan simda elektronlar
tutamining oqimi, ya‘ni elektr oqimi paydo bo‗ladi.
Elektronlarning ruх elektroddan mis elektrodga o‗tishi
natijasida
elektrodlarda elektr qo‗sh qavatining muvozanati bo‗ladi. Natijada mis elektrod
manfiylashadi. Ruх elektrod esa musbatlashadi. O‗z
navbatida elektrodlarda
buzilgan muvozanatni tiklash uchun yangi Cu
2+
ionlar
eritmadan mis elektrodga
o‗tirib, kelayotgan elektronlarni neytrallaydi.
Cu
e
Cu
2
2
Ya‘ni mis cho‗kadi, ruх elektrodda esa aksincha bo‗ladi. Elektroddan
eritmaga ketayotgan elektronlarning o‗rnini
qoplash uchun yangi Zn
2+
ionlari
eritmaga o‗tib, elektrodda yangi elektronlarni qoldiradi:
e
Zn
Zn
2
2