• Avtogen jarayonlar haqida ma‟lumot
  • Metallurgiya




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/158
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,39 Mb.
    #115552
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158
    Bog'liq
    pdf (2)

     
    Metallurgiya asoslari‖ fani metallurg mutaxassislarni tayyorlashda asosiy 
    o‗rinda turadi va fanning asosiy maqsadi va vazifasi texnikada va h 
    ayotitmizda ishlatiladigan metallarni qay usullarda ishlab chiqarishini o‗rgatishdir. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     



    KIRISH 
    Metallurgiyadagi istiqbolli, zamonaviy yo‗nalishlar - metallurgiya sanoati 
    ishlab chiqarishida asosiy o‗rinni egallaydi.
    Rangli metallurgiyada bir vaqtning o‗zida xom ashyodan kompleks 
    foydalanish va atrof-muhitni zararli chiqindilardan ishonchli himoya qilishni 
    ta‘minlaydigan qurilmalar va kam xom ashyo sarflaydigan texnologiyalarning 
    metallurgik ishlab chiqarishga qo‗llanila boshlanishi ilmiy-texnik taraqqiyotning 
    muhim yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi.
    Avtogen jarayonlar haqida ma‟lumot 
    Avtogen jarayonlar deb, metallurgiya sanoatida shunday texnologik 
    jarayonlarga aytiladiki, ular tashqaridan issiqlik manbai sarfisiz, ichki energetik 
    zaxiralar hisobidan boradi. Sulfidli xom ashyoni qayta ishlaganda pirometallurgik 
    jarayonning avtogen borishi, qayta ishlanayotgan shixta sulfidlarining yonish 
    ekzotermik reaksiyalari va shlak hosil bo‗lish reaksiyalari issiqligi hisobiga amalga 
    oshadi. Oksidlovchi reagent sifatida havo, kislorodga boyitilgan havo yoki 
    texnologik kislorod ishlatilishi mumkin.
    Hozirgi vaqtga kelib, to‗g‗ridan–to‗g‗ri xomaki mis olishga mo‗ljallangan 
    turli variantlar tavsiya etilmoqda, lekin faqat uchta jarayon: «Noranda», 
    «Mitsubisi», suyuq vannada eritish sanoatda o‗z o‗rnini topdi.
    Quruq mis boyitmalarini «Noranda» usuli bilan uzluksiz eritish uzunligi 21,3 
    m, diametri 5,2 m gorizontal silindrik aylanma uskunalarda amalga oshiriladi. 37 
    % gacha kislorodga boyitilgan havo shixta yuklash uchastkasida joylashtirilgan 
    furmalar orqali kiritiladi. Eritish natijasida 70-75 % Cu li shteyn olinadi. 
    «Mitsubisi» jarayoni to‗g‗ridan-to‗g‗ri qoramtir mis olishga mo‗ljallangan 
    uzluksiz avtogen eritish hisoblanadi. Texnologiyaning hamma asosiy bosqichlari – 
    eritish, konverterlash, shlaklarni kambag‗allashtirish alohida ovalsimon uchta 
    statsionar pechda olib boriladi. Oraliq mahsulotlar uzluksiz ravishda bir pechdan 
    boshqasiga oqib o‗tadi (1-rasm). 




    Download 3,39 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish