14
Ma‘lumki, barcha jarayonlar sistema energiyasining o‗zgarishi bilan amalga
oshadi. Umuman, har qanday jarayonning borishi energiyaning saqlanish qonuniga
bo‗ysunadi. Masalan, bir jismga ortiqcha issiqlik berilsa (qizdirilsa), avval jism
qiziy
boshlaydi, ya‘ni uning ichki energiyasi (atom, molekula va boshqa
zarrachalar energiyalari yig‗indisi) o‗zgaradi, keyinchalik bu jism o‗zidan
atrof
muhitga issiqlik chiqara boshlaydi, ya‘ni tashqi muhitga nisbatan ish bajaradi.
Jarayonlar (reaksiyalar) o‗zgarmas hajmda borishi mumkin.
Bunday
jarayonni
izoxorik jarayon deyiladi (V = const, ΔV = 0).
Ba‘zi jarayonlar o‗zgarmas bosimda borishi mumkin,
Bunday jarayonlar
izobarik jarayonlar deyiladi (P = const, ΔP = 0).
Izoxorik jarayonda bajarilgan ish A = P ∙ ΔV ekanligini e‘tiborga olsak, u
holda izoxorik jarayonlarning issiqlik effekti: Q
v
= ΔU + P ΔV bo‗lib, A = P ∙ ΔV
= 0 bo‗lgani
uchun Q
v
= ΔU bo‗ladi. Demak, hajm o‗zgarmasdan boradigan
jarayonlarning issiqlik effekti shu sistema ichki energiyasining o‗zgarishiga teng.
Ichki energiya boshqa turdagi energiyalar singari sistema
holatining funksiyasi
hisoblanib, sistemaning dastlabki holati bilan oxirgi holatiga bog‗liq:
ΔU = U
ox
– U
bosh
;
Bu yerda: U
ox
va U
bosh
– sistemaning oxirgi va dastlabki holatdagi ichki
energiyalari, kJ/mol.
Izobarik
jarayonlar uchun Q
p
= ΔU + PV bo‗ladi. Ularning qiymatlari
o‗rniga qo‗yilsa, ΔU = U
2
– U
1
va ΔV = V
2
– V
1
ekanligini e‘tiborga olsak, Q
p
=
(U
2
– U
1
) + P(V
2
– V
1
) = (U
2
+ PV
2
) – (U
1
+ PV
1
) bo‗ladi. Bu ifodadagi (U + PV)
yig‗indi sistemaning biror holatini belgilab: (U + PV) = H ga tengdir. Bu yerda: H
– entalpiya sistemaning issiqlik tutumi deyiladi.
Demak, izobar jarayonlarning
issiqlik effekti Q
p
= ΔH bo‗lib, u sistema
entalpiyasining o‗zgarishiga teng:
Q
p
= H
ox
– H
bosh
= ΔH