9
Uyumda va yer ostida tanlab eritish
Uyumda tanlab eritish asosan tarkibida metall kam bo‗lgan tashlandiq
rudalardan metalni ajratib olish uchun qo‗llaniladi. Jarayon quyidagicha olib
boriladi:
- tanlab eritish maydoni tanlanadi va
tayyorlanadi;
- tayyorlangan maydonga ruda uyi
- ladi;
- uyum ustidan ma‘lum muddat davomida eritma sepib turiladi.
Uyum qatlamidan sizib o‗tgan eritmani bir joyga yig‗ishni ta‘minlash maqsadida
maydon bir tomonga qarab yotiqroq (1-2
0
) qilib rejalashtiriladi.
Tayyorlangan
maydonga ruda uyiladi. Bu jarayon uyumda tanlab eritish usulining eng asosiy
qismi hisoblanadi. Uyum hosil qilish shunday o‗tkazilishi kerakki, unda ruda tekis,
yumshoq va eritma qatlamdan oson o‗tadigan bo‗lsin.
Uyum hosil qilish ekskavatorsimon yuklovchi mashinalar, buldozerlar, o‗zi
ag‗daruvchi mashinalar yordamida amalga oshiriladi. Uyum ustida og‗ir
mashinalarni yurishi maqsadga muvofiq emas.
Uyumning yumshoqligini va uning suyuqlik o‗tkazuvchanligini
yaxshilash
uchun ruda tasniflanishi, mayda zarrachalari yiriklashtirilishi ijobiy natija beradi.
O‗lchami o‗ta katta bo‗lgan bo‗laklar albatta maydalanishi kerak. Uyumning
eng ko‗p tarqalgan shakli to‗rtburchakli kesik piramidadir. Uning balandligi
3 m dan 15 m gacha, og‗irligi 100-200 ming tonnagacha bo‗ladi (2.-rasm).