I BOB. TERMODINAMIKA QONUNLARI




Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/158
Sana11.12.2023
Hajmi3,39 Mb.
#115552
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   158
Bog'liq
pdf (2)
2. Yulduz to\'dalari fizikasi (130 soat) , kiber (Autosaved), 5-SEMINAR, 1296001 - Pedagogik kompetentlik, yaponiya, Rudalarni boyitish (I.Umarova), Abdumo\'minov, Reja Kirish. Mexanik to’lqinlar haqida tushuncha. Boy’lanma va k-fayllar.org, Boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish, boyitish fabrikalari.222, Reja kirish asosiy qism 1, boyitish fabrikalari, Atom massa. Molyar massa. Modda miqdori va massa Reja, Mineralogiya
I BOBTERMODINAMIKA QONUNLARI 
1.1. TERMODINAMIKANING BIRINCHI QONUNI. ENTALPIYA. 
TERMOKIMYO. 
Metallurgik jarayonlarni puxta o‗rganishda shu jarayonlarda kechadigan 
fizik va kimyoviy o‗zgarishlarni hamda ular orasidagi bog‗liqlikni bilish muhim 
ahamiyatga ega. Chunki bu hodisa va jarayonlarning tub mohiyatini anglab yetish 
natijasida zamonaviy metallurgik ishlab chiqarishda turli xil samarali texnologik 
jarayonlarni, masalan, avtogen jarayonlar, yuqori tozalikka ega bo‗lgan metallar va 
qotishmalar ajratib olish, ―kovsh – pech‖ texnologiyasi, vakuumlash va shu kabi 
samarali texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishning oqilona yo‗llarini 
topish mumkin. Mana shunday nazariy bilimlardan biri – bu metallurgik 
jarayonlarning termodinamikasidir. Bu bo‗lim fizik kimyoda juda muhim va sanoat 
ahamiyatiga ega bo‗lgan bo‗lim bo‗lib, uni o‗rganish bo‗limdagi dastlabki va 
elementar tushunchalarini tushunish bilan amalga oshiriladi. Termodinamikaning 
boshlang‗ich tushunchalaridan biri – bu sistemadir.
Sistema – tashqi muhitdan chegara bilan ajratib olingan fazoning bir qismi 
bo‗lib, u o‗zining (tarkibiy qismi) konsentrat siyasi – C, energiyasi – E, harorati 
– T, bosimi – P, hajmi – V (parametrlari bilan tavsiflanadi).
Sistema bir yoki bir necha tarkibiy qism (komponent)dan iborat bo‗ladi. 
Sistemalar tarkibiy qismlarining agregat holatiga ko‗ra gomogen va geterogen 
sistemalarga bo‗linadi. Agar sistema bir xil agregat holatdagi moddalar (faqat 
gazsimon moddalar, faqat qattiq yoki faqat suyuq) moddalardan iborat bo‗lsa 
gomogen (bir jinsli) sistema deyiladi. Masalan, havo, turli gazlarning 
aralashmalari, eritmalar, neft. Bularning barchasi gomogen sistemalardir. Ularni 


12 
tashkil qilib turgan har bir modda esa komponentlardir. Misol uchun, havo – 
gomogen sistema, uni tashkil qilib turgan kislorod, azot va boshqa gazlar – 
komponentlarga kiradi.
Agar turli agregat holatdagi moddalar (gaz-suyuq, qattiq-suyuq, qattiq-gaz) 
dan iborat bo‗lsa, geterogen sistema deyiladi. Masalan, loyqa suv (tuproq 
zarrachalari – qattiq, suv – suyuq komponent), oltingugurt bilan temir kukuni 
aralashmasi, havodagi chang zarrachalari, kolbadagi eritma bilan cho‗kma va 
hokazolar.
Sistema energiyasining bir turdan boshqa turga aylanishi sababi va 
qonuniyatlarini o‗rganuvchi fan bo‗limiga termodinamika deyiladi. Termodinamik 
tushunchalar, kattaliklar va uning qonunlaridan ishlab chiqarish jarayonlarining 
energetik balanslarini hisoblashda, ularni boshqarishda va modellashtirishda 
foydalaniladi. Termodinamikaning I, II bosh qonunlari (klassik termodinamika) 
mantiqiy nazariya asosida emas, balki insoniyatning ko‗p asrlar davomidagi 
kuzatishlari va tajribalari asosida yaratilgan.
Birinchi qonun 1842-yilda R. Meyer, ikkinchi qonun (birinchisidan avval) 
1824-yilda S. Karno va uchinchi qonun 1912 yilda Nernst tomonidan kashf etilgan 
va ta‘riflangan.
Izolirlangan sistema deganda boshqa sistemalar bilan energiya va modda 
almashinmaydigan, demak, turg‗un energiya va hajmga ega bo‗lgan sistema 
tushuniladi. 
Sistemaning holati – bu ma‘lum sistemani xarakterlaydigan fizik va 
kimyoviy xossalar to‗plamidir. Xossalar ikki xil: ekstensiv va intensiv bo‗lishi 
mumkin. Ekstensiv xossalarga sistemaning massasiga bog‗liq bo‗lgan xossalar –
og‗irlik, massa, sistemaning hajmi kabilardir. Intensiv xossalarga esa qiymati 
sistemaning massasiga bog‗liq bo‗lmagan xossalar – harorat, bosim, hajm, 
solishtirma hajm kiradi. 
Sistemaning termodinamik holati – termodinamik parametrlarning qiymati 
bilan ifodalanadi. Termodinamik parametrlar deganda harorat, hajm, bosim va 
konsentratsiya kabi tushunchalar tushuniladi.


13 
Sistemaning boshqa qismlaridan chegara sirtlar bilan ajralgan, ulardan o‗z 
temodinamik xossalari va kimyoviy tarkibi bilan farq qiladigan qismi faza 
deyiladi. Fazaning hamma tomoni bir xil tarkib va bir xil fizik-kimyoviy 
xossalarga ega bo‗ladi. Suyuq va qattiq fazalar kondensatlangan fazalar deyiladi. 
Muvozanatda turgan sistema holati fazalar soni, kimyoviy tarkibi va termodinamik 
xossalari bilan tavsiflanadi. Agar bu uch xususiyat ma‘lum bo‗lsa, sistemaning 
holati aniqlangan hisoblanadi. Sistemaning tarkibi – komponentlar soni, 
termodinamik xossalari esa erkinlik darajalari soni bilan tavsiflanadi. Sistemadan 
ajratib olinganda mustaqil mavjud bo‗la oladigan moddalar – komponentlar yoki 
tarkibiy qismlar deyiladi. Masalan, NaCl ning suvdagi eritmasida H
2
O va NaCl dan 
tashqari, bu moddalardan hosil bo‗lgan ionlar Na
+
, Cl
-
, H
+
, OH
-
ham mavjud. Bu 
ionlar sistemadan tashqarida mavjud bo‗la olmaydi. Shunga ko‗ra, ular komponent 
bo‗la olmaydi, H
2
O va NaCl ni esa komponent deb hisoblash mumkin. Demak, 
NaCl ning suvdagi eritmasida ikkita komponent bor. Sistemadagi har qaysi 
fazaning kimyoviy tarkibini aniqlash uchun zarur bo‗lgan modda turlarining eng 
kichik soni sistemaning komponentlar soni deyiladi.
Termodinamik parametrning o‗zgarishi bilan boradigan jarayonga 
termodinamik jarayon deyiladi.

Download 3,39 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   158




Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish