6
SO„Z BOSHI
O‗zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish konsepsiyasida yoritilgan eng
muhim muammolardan biri, bu mamlakatning boy mineral-xomashyo resurslaridan
ratsional va kompleks foydalanishdir.
O‗zbekiston metallurgiya sanoatining asosiy va muhim yo‗nalishlaridan
biri, bu respublika hududida joylashgan yirik metall saqlovchi konlarni qazib olish
va ishlab chiqarishga jalb etishdir va shunga respublikamizda barcha imkoniyatlar
mavjud.
Bir qator foydali qazilmalar (metallar) bo‗yicha O‗zbekiston
tasdiqlangan
zaxiralar va istiqbolli rudalar jihatdan MDH dagina emas,
balki butun dunyoda
ham yetakchi o‗rinlardan birini egallaydi.
Ma‘lumki respublikamiz o‗quv ta‘limidagi o‗tkazilayotgan islohotlar oliy
ta‘lim sohasidagi fanlar tarkibidagi ko‗plab o‗zgarishlarga sabab bo‗ladi. Bu
sohada tayyorlanadigan mutaxassislarga ishlab chiqarishda talab juda katta.
O‗zbekiston Respublikasida oliy ta‘lim shunday darajaga
yetishi kerakki, bunday
ta‘lim mamlakatimizda va xorijda fan, texnika va texnologiya, hamda iqtisodiyot
sohalarida bo‗lajak taraqqiyotni hisobga olgan holda
raqobatbardosh kadrlarni
tayyorlashni ta‘minlay oladigan bo‗lishi lozim.