“Metrologiya to‘g‘risida” Respublika qonuni




Download 416.93 Kb.
bet6/59
Sana13.04.2023
Hajmi416.93 Kb.
#51066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
“METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” MA\'ruzalar matni
Журакулов темур, 1-2 Mustaqil ish 5, 1-2 Mustaqil ish 9, ​Раствор «Хлоро, Кушимча келишув2, ontogenezning ilk bosqichlarida inso, МСС МАЪРУЗА МАТНЛАРИ, KEYINGI, Korxonalar faoliyatidagi tavakkalchlik va uni bartaraf etish yo\'llari, 1-sinf Texnologiya fanidan Qog\'ozni buklash usuli yordamida samolyot yasash dars ishlanma, ENG ENG ENG NOMLI ZAKOVAT SAVOLLAR., elektr-stansiyalari-va-ularning-ahamiyati, Mustaqillikka erishish arafasida O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosi, ilk qadam dasturida jismoniy tarbiya

“Metrologiya to‘g‘risida” Respublika qonuni


Ma’lumki, 1993 yilning 28 dekabrida Prezidentimiz tomonidan ketma-ket uchta, ya’ni “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida” va “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish” Qonunlari imzolangan edi. Bu qonunlarning hayotga tadbiq etilishi respublikamizdagi mavjud metrologiya xizmatini yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarilishiga asos bo‘ldi. Shulardan biri, ya’ni “Metrologiya to‘g‘risida” gi qonun ustida biroz to‘xtalib o‘tamiz.
Bu qonun respublikamizda metrologiyaning rivojlanishiga va metrologik ta’minot masalalarini hal etishning mutlaqo yangi bosqichiga olib kirdi.
“Metrologiya to‘g‘risida” gi qonun 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar 21 moddani o‘z ichiga olgan. Respublikamizda metrologiya xizmatini yo‘lga qo‘yish va bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va funksiyalari, bu boradagi javobgarliklar bo‘yicha keng ma’lumotlar berilgan.
Qonunda ko‘rsatilganidek, o‘lchash vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, ularning turlarini tasdiqlash va davlat ro‘yxatiga kiritish “O‘zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunda yana bir masala - davlat ro‘yxati belgisini qo‘yish to‘g‘risida ham bayon etilgan. “Metrologiya to‘g‘risida” gi qonunda aytilishicha, tasdiqlangan o‘lchash vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi davlat ro‘yxati belgisi qo‘yilishi shart.
Ma’lumki, ishlab chiqarishdagi o‘lchash vositalarining holati va ularni vaqti-vaqti bilan qiyoslashdan o‘tkazib turish har doim e’tiborda bo‘lmoqligi lozim. Ular bo‘yicha ro‘yxatlar tuziladi va o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Ilmiy-tadqiqotlar bilan bog‘liq o‘lchash vositalari, asboblari, qurilmalari hamda o‘lchovlari “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasi asosida “O‘zstandart” agentligining davriy ravishda qiyoslashdan o‘tkazilib turilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari guruhining ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, shu qonunning 7-moddasiga binoan, amaliy foydalanishda bo‘lgan o‘lchash vositalari belgilangan aniqlikda va foydalanish shartlariga mos holda, qonuniy birliklardagi o‘lchash natijalari bilan ta’minlashlari lozimligi alohida ko‘rsatib o‘tilgan.



Download 416.93 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Download 416.93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Metrologiya to‘g‘risida” Respublika qonuni

Download 416.93 Kb.