• Asosiy vazifalar
  • ma’ruza. Kirish. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsad va vazifalari




    Download 416.93 Kb.
    bet2/59
    Sana13.04.2023
    Hajmi416.93 Kb.
    #51066
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
    Bog'liq
    “METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” MA\'ruzalar matni
    Журакулов темур, 1-2 Mustaqil ish 5, 1-2 Mustaqil ish 9, ​Раствор «Хлоро, Кушимча келишув2, ontogenezning ilk bosqichlarida inso, МСС МАЪРУЗА МАТНЛАРИ, KEYINGI, Korxonalar faoliyatidagi tavakkalchlik va uni bartaraf etish yo\'llari, 1-sinf Texnologiya fanidan Qog\'ozni buklash usuli yordamida samolyot yasash dars ishlanma, ENG ENG ENG NOMLI ZAKOVAT SAVOLLAR., elektr-stansiyalari-va-ularning-ahamiyati, Mustaqillikka erishish arafasida O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosi, ilk qadam dasturida jismoniy tarbiya
    ma’ruza. Kirish. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsad va vazifalari. Uning ilmiy-tadqiqot ishlaridagi, xalq xo‘jaligi, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishdagi tutgan o‘rni.

    Reja.

      1. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash-tirish”fanining maqsad va vazifalari.

      2. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash-tirish” fanining rivojlanish tarixi.

      1. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanining maqsad va vazifalari


    Metrologiya fan sifatida o‘lchashlar, ularga bog‘liq va tegishli bo‘lgan qator masalalarni o‘z doirasiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bo‘lib, o‘lchash, o‘lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi. Umumiy tushunchasini oladigan bo‘lsak, metrologiya- o‘lchashlar haqidagi fan.
    Inson aql-idroki, zakovati bilan o‘rganayotgan, shakllantirayotgan hamda rivojlantirgan qaysi fanni, uning yo‘nalishini olmaylik, albatta o‘lchashlarga, ularning turli usullariga, o‘zaro bog‘lanishlariga duch kelamiz. Bu o‘lchash usullari va vositalari yordamida ularning birligini, yagona o‘lchashni talab etilgan aniqlikda ta’minlash metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi. SHu sababdan hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yo‘nalish, u hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bo‘lmasin, albatta u yoki bu darajada metrologiya bilan bog‘liq. Inson qo‘li etgan,faoliyati doirasiga kirgan ammo o‘lchashlar va ularning vositalari yordamisiz o‘rganilgan, izlangan hamda ko‘zlangan maqsadlarga erishish mumkin bo‘lgan birorta yo‘nalish yo‘q. Shuning uchunham metrologiya, standartlashtirishva sertifikatlashtirish asoslarini bilish, uni o‘zmutaxassisligidoirasidatushunish va amaliy qo‘llashtexnikavatexnologiyasoxalaridagibakalavriatyo‘nalishlari bitiruvchilariuchun muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
    “Metrologiya, standartlashtirishva sertifikatlashtirish” fani texnika, menejment va marketing sohalari yo‘nalishlarida bakalavrlar va muxandislar tayyorlashda o‘tilishi lozim bo‘lgan fanlardan hisoblanadi. Oliy ta’lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha zarur va etarli bo‘lgan asosiy tushunchalarni shakllantiradi.
    “Metrologiya, standartlashtirishva sertifikatlashtirish” fanini o‘rganishdan maqsad: talabalarda xalq xo‘jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab- chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol bilan bog‘liq bo‘lgan turli metrologik, sifat boshqaruvi va sertifikatlashtirish bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanish, hamda me’yoriy hujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida etarli bilim va malakalarni hosil qilish. Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta’lim tizimida "Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish" bo‘yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, standartlashtirish, kvalimetriya sifatni o‘lchash va sertifikatlashtirish bo‘yicha fundamental ma’lumotlar o‘rganiladi.
    Sifat masalasi har bir ishda, u qanday ish bo‘lishidan qat’iy nazar, uning asosiy baholash kriteriyasi (ko‘satkichi) bo‘lishi kerak. Agarda har bir inson o‘z ishiga yuqori ma’suliyat bilan qarab asosiy baholash kriteriyasiga munosib ravishda ish ko‘rsa hayotimiz kundan – kunga yaxshilanib borishi turgan gap, bu esa butun mamlakat bo‘ylab sifat masalasini yuqori darajaga ko‘taradi. Quyida sifatning virtual sxemasi (chizmasi) keltirilgan.
    Sifatning virtual sxemasi
    Bu sxemani chuqur oʻrganib vatahlil qilib, quyidagi xulosalarni keltirishimiz mumkin:

    • Mahsulot sifati, kishilar hayotining ravnaqi, uning sifati (yashash darajasi) oldindan yaratilgan sifat fundamenti (poydevori) ga bogʻliqdir;

    • Sifatning yuqori darajasi bu yurtimizning ilmiy, texnikaviy yuksalishi bilan chambarchas bogʻliqdir;


    • Ilmiy texnikaviy yuksalish esa sifatning asosiy uch belgisi boʻlgan – standartlashtirish, metrologiya va setifikatlashtirish rivojini taʼminlab beradi;

    • Sifatning uch asosiy belgisiga dunyoda mavjud boʻlgan va faoliyat koʻrsatayotgan standartlashtirish boʻyicha xalqaro tashkilotlar: Xalqaro – standartlashtirish tashkiloti (ISO), Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot (MOZM), Xalqaro savdo tashkiloti (VTO) oʻzining ijobiy taʼsirini oʻtkazadi va oʻtkazib kelmoqda.


    Download 416.93 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




    Download 416.93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ma’ruza. Kirish. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsad va vazifalari

    Download 416.93 Kb.