Metrologiya va standartlashtirish




Download 0,93 Mb.
bet30/58
Sana16.05.2024
Hajmi0,93 Mb.
#238909
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58
Bog'liq
“METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” MA\'ruzalar matni SIRTQI

Taxmin qilingan stexiometriya
Tahliliy jarayon aniqlangan stexiometriyaga bo‘ysunadi deb taxmin qilingan hollarda kutilayotgan stexiometriyadan og‘ishlarni yoki reaksiyaning to‘liq emasligini yoki yordamchi reaksiyalarni hisobga olish zarur bo‘lishi mumkin.
O‘lchashlar shartlari
O‘lchovli shisha idish, masalan, u kalibrlangan temperaturadan farq qiluvchi temperaturada qo‘llanilishi mumkin. Katta temperatura effektlari tuzatishlar kiritish bilan hisobga olinishi lozim, biroq bu holda ham suyuqlik va shisha temperaturasi qiymatlaridagi har qanday noaniqlik ko‘rib chiqilishi lozim. Shunga o‘xshash, agar qo‘llanilayotgan materiallar namlikning mumkin bo‘lgan o‘zgarishlariga sezuvchan bo‘lsa atrofdagi havoning namligi ahamiyatga eta bo‘lishi mumkin.
Namunaning ta’siri
Murakkab matritsa tarkibi aniqlanayotgan komponentning chiqarib olinishiga yoki asbobning javobiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Aniqlanayotgan komponentni topish shakliga sezuvchanlik bu ta’sirni yanada kuchaytirish mumkin.
Namuna yoki aniqlanayotgan komponent barqarorligi tahlil jarayonida issiqlik rejimining yoki fotolitik effektning o‘zgarishi sababli o‘zgarishi mumkin.
Chiqarib olish darajasini baholash uchun ba’zi «mashhur qo‘shimcha» ishlatilganda aniqlanayotgan komponentning namunadan aniq chiqishi qo‘shimchani chiqarib olish darajasidan farq qilishi mumkin, bu esa baholash lozim bo‘lgan qo‘shimcha noaniqlikni kiritadi.
Hisoblash effektlari
Darajalash vaqtida mos kelmaydigan modelni tanlash, masalan, nochiziq javobda chiziqli darajalashdan foydalanish juda yomon moslashtirishga va ko‘proq noaniqlikka olib keladi.
Raqamlarni olib tashlash va yaxlitlash oxirgi natijaning noto‘g‘riligiga olib kelishi mumkin. Modomiki bu vaziyatlarni oldindan aytish qiyin ekan ba’zi bir noaniqlikka joizlik to‘g‘ri deb topilishi mumkin.
Bo‘sh namunaga tuzatish
Bo‘sh namunaga tuzatish qiymatining ba’zi bir noaniqligi bu tuzatishning zarurligiga shubha bilan barobar o‘ringa ega bo‘ladi. Bu ayniqsa izlarni tahlil qilishda muhimdir.
Operatorning ta’siri
O‘lchash asboblarining pasaytirilgan yoki ko‘tarilgan ko‘rsatkichlarini ro‘yxatga olish mumkinligi.
Metodika interpretatsiyasida ahamiyatga ega bo‘lmagan farqlarning mumkinligi.
Tasodifiy effektlar
Tasodifiy effektlar barcha aniqlashlarda noaniqliklarga hissa qo‘shadi. Bu bandni o‘z-o‘zidan ma’lum narsa sifatida noaniqlik manbalari ro‘yxatiga kiritish lozim.

4.4. Noaniqlikni taqdim etish


Umumiy qoidalar
O‘lchash natijasi bilan birga taqdim etiladigan axborot uning keyingi foydalanish maqsadiga bog‘liq. Bunda quyidagi prinsiplarni qo‘llash lozim:

  • agar yangi axborot yoki yangi ma’lumotlar paydo bo‘lsa noaniqlik bahosini aniqlashtirishni o‘tkazish uchun yetarli axborotni taqdim etish;

  • yetarli bo‘lmagan axborotga qaraganda keragidan ortiq axborotni taqdim etish afzalroqdir.

Agar o‘lchash tafsilotlari, noaniqlik qanday baholanganligini o‘z ichiga olib, chop etilgan hujjatlarga tavsiyalar ko‘rinishida berilgan bo‘lsa bu hujjatlar dolzarblashtirilishi va laboratoriyada qo‘llanilayotgan metodga muvofiq bo‘lishi lozim.
Talab qilinayotgan axborot
O‘lchash natijasining to‘liq taqdim etilishi quyidagi axborotni yoki bunday axborotni o‘z ichiga olgan hujjatlarga tavsiyani o‘z ichiga olishi lozim:
- o‘lchash natijasini va uning noaniqligini eksperimental kuzatishlar va kirish kattaliklari haqidagi ma’lumotlar asosida hisoblash uchun foydalaniladigan metodlarni tasvirlash;
- hisoblashda ham, noaniqliklarni tahlil qilishda ham foydalaniladigan barcha tuzatishlar va doimiyliklarning qiymatlari va manbalari;
- noaniqlikning barcha tashkil etuvchilarining ularning xar biriga tegishli to‘liq hujjatlari bilan ro‘yxati.
Ma’lumotlar va ularning tahlili barcha muhim bosqichlarni oson kuzatib turish va zaruriyat bo‘lganda so‘nggi natijani hisoblashni qaytarish mumkin bo‘ladigan tarzda taqdim etilishi lozim. Oraliq qiymatlarni o‘z ichiga olgan natijani batafsil taqdim etish talab etilgan hollarda hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

  • har bir kirish kattaligining qiymati, uning standart noaniqligi va uning qanday olinganligining ta’rifi;

  • natija va kirish kattaliklari, shuningdek, bu effektlarni hisobga olish uchun foydalanilgan ayrim hosilalar, kovariatsiyalar yoki korrelyatsiya koeffitsientlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat;

- har bir kirish kattaligining standart noaniqligi uchun erkinlik darajalari soni.
Izoh - Funksional bog‘liqlik juda murakkab bo‘lgan yoki aniq ko‘rinishda mavjud bo‘lmagan hollarda (masalan, u faqatgina komp’yuter dasturi sifatida mavjud bo‘lishi mumkin) u umumiy ko‘rinishda yoki muvofiq manbaga tavsiya yo‘li bilan ifodalanishi mumkin. Bunday hollarda kimyoviy taxlil natijasi va uning noaniqligi qanday qilib olinganligi har doim aniq bo‘lishi lozim.
Oddiy tahlillar natijalarini taqdim etishda faqatgina kengaytirilgan noaniqlik qiymatini va k qiymatni ko‘rsatish yetarli bo‘lishi mumkin.
Standart noaniqlikni taqdim etish
1. Noaniqlikni isyakuniy standart noaniqlik ko‘rinishida ifodalasangiz (ya’ni, bitta standart og‘ish ko‘rinishida) yozuvning quyidagi shakli tavsiya etiladi:
«(Natija): is(birliklar) standart noaniqlikda X (birliklar), [standart noaniqlik Metrologiya sohasidagi asosiy va umumiy atamalar Xalqaro lug‘ati, 2-nashr, ISO, 1993y. ga muvofiq aniqlanadigan va bir standart og‘ishga muvofiq keladigan joy]».

4.5. Standart namunalar noaniqligi


Ko‘pchilik SN lar uchun, ayniqsa laboratoriyalararo eksperiment metodi bilan attestatlanayotgan SN lar uchun metrologik tavsifnoma sifatida xatolik tushunchasidan ko‘ra noaniqlik tushunchasidan foydalanish mantiqiyroqdir. Shu sababli SN ishlab chiquvchilar, ayniqsa G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining SN ishlab chiquvchilari SN ga sertifikatda ko‘rsatilganidek ularning attestatlan-gan qiymatlarini belgilash noaniqligi tavsifnomalarini keltiradilar.
SN ning attestatlangan qiymatlarining noaniqligi quyidagi tarzda ifodalanishi mumkin:
Sertifikatda «kengaytirilgan» yoki «jamlangan» sifatlarsiz noaniqlik belgilangan. Masalan, «MVN Analytical Ltl» (Angliya) firmasi chiqargan O`z DSN 03.0305:2004 SN «Noaniqlik» tavsifnomasiga ega.
Sertifikatda qandaydir (R) ishonchli ehtimolligida va (K) qamrov koeffitsientida kengaytirilgan noaniqlik belgilangan. Masalan, «Raragon Scientific Ltd» (Angliya) firmasi chiqargan O`z DSN 03.0241:2004 SN «R=95% ishonchli ehtimolligida va K=2 qamrov koeffitsientida (U) kengaytirilgan noaniqliq tavsifnomasiga ega.
Sertifikatda qandaydir (R) ishonchli ehtimolligida qamrov koeffitsientini ko‘rsatmasdan kengaytirilgan noaniqlik belgilangan. Masalan, «Petrolet Analyzer Corporation Gmbn» (Germaniya) firmasining SN «(S(p)) o‘rtacha kvadrat og‘ishga ega bo‘lgan metodika bo‘yicha (R) ishonchli ehtimolligi laboratoriyalar (n) ishtirokida olingan o‘rtacha qiymatning kengaytirilgan noaniqligi».
Xatolik va noaniqlik tavsifnomalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslanishi to‘g‘ri emas, shuning uchun qoidaga ko‘ra bu metrologik asboblarning statistik baholari taqqoslanadi.
Agar standart yoki yakuniy noaniqlik berilgan bo‘lsa, u holda ularning baholariga o‘rtacha kvadratik og‘ishlar mos bo‘ladi:

yoki

bu yerda u(A) va uc(A) - SN ning attestatlangan qiymatini belgilashning mos standart va yakuniy noaniqligi;
A - SN ning attestatlangan qiymati;
(A) - SN ning attestatlangan qiymatining o‘rtacha kvadratik og‘ishi.
Agar (R) ishonchli ehtimolligi va (k)qamrov koeffitsientida kengaytirilgan noaniqlik berilgan bo‘lsa yoki (Up) ishonchli ehtimolliligini ko‘rsatish bilan va (kP)ishonchli ehtimolligini ko‘rsatib qamrov koeffitsientini ko‘rsatish bilan kengaytirilgan noaniqlik berilgan bo‘lsa, u holda uning bahosiga o‘rtacha kvadratik og‘ish mos bo‘ladi:

yoki

Bu yerda U(A) va Up(A) – Sn ning attestatlangan qiymatini belgilashning muvofiq kengaytirilgan va belgilangan ishonchli ehtimolligi bilan kengaytirilgan noaniqlik.
Agar qandaydir (R) ishonchli ehtimolligida qamrov koeffitsientini ko‘rsatmasdan kengaytirilgan noaniqlik berilgan bo‘lsa va bunda yoki laboratoriyalar, standart namunalarning metrologik tavsifnomalarini baholash bo‘yicha laboratoriyalar aro eksperiment qatnashchilari soni yoki erkinlik darajasining muvofiq soni bilan (t-kriteriy) St’yudent kriteriysi ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda uning bahosiga o‘rtacha kvadratik og‘ish mos keladi:
.
Noaniqlikni o‘rtacha kvadratik og‘ishk o‘rinishida ifodalangandan so‘ng SN tanlash xuddi o‘lchash vositalari (SN) xatoligi teng ehtimolliklar qonuni bo‘yicha taqsimlanganidek o‘lchash vositalari uchun amalga oshirilganidek aniqlik bo‘yicha amalga oshiriladi.

Download 0,93 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58




Download 0,93 Mb.