|
-ma’ruza. O’lchash vositalari ularning turlari
|
bet | 32/58 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #238909 |
Bog'liq “METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” MA\'ruzalar matni SIRTQI3-ma’ruza. O’lchash vositalari ularning turlari. O’lchash vositalarini sezgirligi. O’lchash vositalarini graviatasiyasi. O’lchash vositalarini metrologik xuxusiyatlari. O’lchash vositalarini turlari. O’lchash asboblarini shkalasi. O’lchash vositalarini aniqlik sinflari.
Reja:
O‘lchash vositalarining metrologik hususiyatlari
O‘lchash vositalari, ularning turlari.
O‘lchash asboblarining metrologik tavsiflari
Har qanday o‘lchash asbobini tanlashda eng avvalo uning metrologik tavsiflariga e’tibor berishimiz lozim bo‘ladi.
O‘zgartirish funksiyasi - buni analogli o‘lchash asboblarida shkala tenglamasidan ham bilishimiz mumkin. Tanlanayotgan asbobda o‘zgartirish funksiyasi chiziqli bo‘lishi qaydnomalarni olishni osonlashtiradi, sub’ektiv xatoliklarni esa kamaytiradi.
Sezgirligi. Umuman sezgirlik - bu o‘lchash vositasining tashqi signalga nisbatan ta’sirchanligi, sezuvchanligidir. Umumiy holda sezgirlik o‘lchash vositasining chiqish signali orttirmasini, kirish signali orttirmasiga nisbatidan aniqlanadi:
Bevosita ko‘rsatuvchi asboblar uchun sezgirlik asbob ko‘zg‘aluvchan qismining og‘ish burchagini o‘lchanadigan kattalik bo‘yicha birinchi hosilasi bo‘lib, quyidagicha ifodalanadi:
S = d/dx,
bu yerda d - asbob qo‘zg‘aluvchan qismining og‘ish burchagi.
Sezgirlik ostonasi - bu o‘lchanadigan kattalikning shunday eng kichik. (boshlang‘ich) qiymatiki, u o‘lchash asbobining chiqish signalini sezilarli o‘zgarishiga olib keladi.
S = Xmin/Xnom*100 %,
bu yerda Xmin - o‘lchanadigan kaggalikning eng kichik (boshlang‘ich) qiymatidir.
Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi - o‘lchanayotgan kattalikning biror qiymatini, o‘lchash sharoitini o‘zgartirmagan holda, takror o‘lchaganda hosil bo‘ladigan eng katta farqdir va u quyidagicha aniqlanadi:
= (A0’-A0")/Axmax*100 %,
bu yerda Ao’, A0" - o‘lchanayotgan kattalikning (namunaviy asbob yordamida) takror o‘lchashdagi qiymatlari. Variatsiya asosan qo‘zg‘aluvchan qismi tayanchga o‘rnatilgan asboblarda ishqalanish hisobiga kelib chiqadi.
|
| |