• Xususiy energiya sarfi.
  • Ishonchliligi (chidamliligi)
  • O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari
  • Asbobning o‘lchash xatoligi




    Download 0,93 Mb.
    bet33/58
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #238909
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58
    Bog'liq
    “METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” MA\'ruzalar matni SIRTQI

    Asbobning o‘lchash xatoligi. Bu xatolik sifatida mutlaq xatolik, nisbiy xatolik yoki keltirilgan xatolik berilgan bo‘lishi mumkin. Bu xatoliklar xususida keyingi mavzularda yetarli ma’lumotlar berilgan.
    O‘lchash diapazoni.Bu asosan ko‘p diapazonli asboblarga tegishli. Aksariyat hollarda asbobning har bir o‘lchash diapazoniga taalluqli xatoliklari ham beriladi.
    Xususiy energiya sarfi.Bu tavsif ham muhim hisoblanib, asbobningo‘lchash zanjiriga ulanganidan so‘ng kiritishi mumkin bo‘lgan xatoliklarini baholashda ahamiyatli sanaladi. Ayniqsa, kam quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni bajarishda bu juda muhimdir.
    Xususiy energiya sarfi o‘lchash asbobining tizimiga va konstruktiv ishlanishiga bog‘liq bo‘lib, ayniqsa, kichik quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni bajarishda juda muhimdir.
    Ishonchliligi (chidamliligi) – o‘lchash vositasining ma’lum o‘lchash sharoitida, belgilangan vaqt mobaynida o‘z metrologik xususiyatlarini (ko‘rsatkichlarini) saqlashidir. Bu ko‘rsatkichlarni chegaradan chiqib ketishi asbobni layoqatligi pasayib ketganligidan dalolat beradi. O‘lchash asbobining ishonchliligi, odatda, buzilmasdan ishlash ehtimolligi bilan baholanadi va taxminan quyidagicha topiladi.
    = n / n­um ,
    bu yerda n- ishonchlilikka sinalgan asboblar soni;
    num- umumiy (ko‘p seriyali) ishlab chiqarilgan asboblar soni.
    O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari
    Odatda o‘lchash asbobi olinadigan natijaga kirituvchi xatoligini oldindan belgilash uchun xatolikning me’yorlangan qiymatidan foydalaniladi. Xatolikning me’yorlangan qiymati deganda berilgan o‘lchash vositasiga tegishli bo‘lgan xatolikni tushunamiz. Alohida olingan o‘lchash vositasining xatoligi har xil, muntazam va tasodifiy xatoliklarining ulushi esa turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo, yaxlit olib qaralganda o‘lchash vositasining umumiy xatoligi me’yorlangan qiymatdan ortib ketmasligi kerak. Har bir o‘lchash asbobining xatoliklarini chegarasi va ta’sir etuvchi koeffitsientlar haqidagi ma’lumotlar asbobning pasportida keltirilgan bo‘ladi.
    O‘lchash asboblari ko‘pincha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoligi bo‘yicha klasslarga bo‘linadi. Masalan: elektromexanik turidagi ko‘rsatuvchi asboblarda standart bo‘yicha quyidagi aniqliklar ishlatiladi:
    a.k0,02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1; 1,5; 2,5; 4
    Odatda, asboblarning aniqlik klasslari asbobning shkalasida beriladi va ularning keltirilgan xatoligini bildirib, quyidagicha bog‘langan bo‘ladi
    a.k=k maxk;a.k =k maxk=/Ax max
    Agar o‘lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan chegaralangan bo‘lsa, masalan 1,5, u holda bu asbobning xatoligi shkala oxirida 1,5 % ga tengligini bildiradi.
    Agar o‘lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo‘lsa, u holda aniqlik klassi raqami keltirilgan xatolikning qiymatini bildiradi. Lekin bir narsani unutmaslik lozim, agar asbob, masalan ampermetr keltirilgan xatolik bo‘yicha 0,5 klass aniqligiga ega bo‘lsa, uning barcha o‘lchash diapazoni oralig‘idagi xatoliklari ±0,5% dan ortmaydi deyishlik xato bo‘ladi. Chunki, bu turdagi asboblarda shkalaning boshlanishiga yaqinlashgan sari o‘lchash xatoligi ortib boraveradi. Shu sababdan bunday asboblarda shkalaning boshlang‘ich bo‘laklarida o‘lchash tavsiya etilmaydi.
    Agar asbobning shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizig‘i bilan berilgan bo‘lsa, masalan, 0,02/0,01 u holda asbobning shkalasining oxiridagi xatoligi ±0,02 % shkalaning boshida esa ±0,01 % ekanligini bildiradi.
    Ulchash texnikasi xalk xujaligining xamma tarmoklarida fan va texnika tarakkiyotini ilgari suruvchi muxim omillardan biri xisoblanadi.Tabiatdagi narsa va xodisalarni uzaro takkoslamay turib, ularni ilmiy jixatdan asoslab bulmaydi. Bunda ulchash texnikasining bir tarmogi bulgan elektr ulchash texnikasi katta axamiyatga ega.
    Elektr ulchash texnikasi yordamida amalda ma’lum bulgan barcha fizik mikdorlar,ya’ni elektrik va noelektrik mikdorlarni, uzgarmas va vakt buyicha uzgaruvchan mikdorlarni keng kulamda va uzok masofadan ulchash mumkin. Shuning uchun xam elektr ulchash usullari xilma-xildir. Elektr ulchash asboblarga bevosita baxolash usuli va takkoslash usullari kiradi.
    Agar ulchanadigan kattalikning kiymati oldindan darajalab kuyilgan ulchash asbobining xisoblash kurilmasidan bevosita olingan bulsa,bunday ulchash bevosita baxolash usuli deyiladi. Masalan, tok kuchini ulchash ampermetr bilan,kuchlanishni ulchash voltmetr bilan,kuvvatni ulchash vattmetr bilan olib boriladi va x.k.
    Agar ulchanadigan kattalikning kiymati ulchov namunasi bilan solishtirib aniklansa, bunday ulchash usuli takkoslash usuli deyiladi. Takkoslash usuli uz navbatida nol differensial, almashtirish va ustma-ust tushirish usullariga bulinadi. Takkoslash usuliga kupriksimon zanjirlardagi karshilik,sigim va induktivliklarni yoki patensiometrlardagi kuchlanish va elektr yurituvchi kuchlarni ulchash usullari misol bula oladi. Amalda takkoslash usullaridan nol va differensial usullari keng kullaniladi.
    Nol usulda ulchanaetgan kattalikning kiymati namuna ulchov bilan solishtirishda xosil bulgan fark nolga tenglashguncha uzgartirilib boriladi. Bunga potensiametrda kuchlanishni muvozanat kupriksimon zanjirlarda karshilikni ulchashlar misol bula oladi. Solishtirish farki solishtirish asbobida yeki nol indikatorda kuzatiladi. Nol ulchash usuli juda anik ulchash usulidir.Chunki bunday ulchashda yukori aniklikli namuna ulchovi va sezgirligi yukori takkoslash asbobi, masalan, galvonometr ishlatiladi.
    Differensial usulda ulchanayotgan kattalikning kiymati namuna ulchov bilan takkoslanadi va xosil bulgan fark oddiy elektr ulchash asbobi bilan ulchanadi.Differensial usul bir-biridan kam fark kilgan ikkita mikdorni takkoslash va ulchash uchun ishlatiladi. Shuning uchun xam bu usulning ulchash anikligi yukoridir. Masalan ikki mikdorning farki 1 % ga teng bulib, bu fark 1,5 % xatolik bilan ulchansa, u xolda ulchanadigan mikdor 0,015 % xatolik bilan ulchanadi.
    Yukorida kurib chikilgan usullarning kaysi biridan foydalanmaylik, ulchash natijalari tugridan-tugri yeki bilvosita olish mumkin.

    Download 0,93 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58




    Download 0,93 Mb.