• 8.1. Standartlashtirish haqida
  • Standartlashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
  • Metrologiya va standartlashtirish




    Download 0,93 Mb.
    bet35/58
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #238909
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58
    Bog'liq
    “METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” MA\'ruzalar matni SIRTQI

    Muqobil javob

    Muqobil javob

    Muqobil javob

    3

    Berilgan kattalikni o‘lchashda yordamchi sifatida qaraladigan kattalik nima deb ataladi?

    *Parametr

    Yordamchi kattalik

    Qo‘shimcha aniqlanuvchi kattalik

    Topiladigan kattalik

    2

    Bevosita baholash usuli



    *Bevosita baholash usuli – bevosita o‘lchash asbobining sanash qurilmasi yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchanayotgan kattalikning qiymatini topish

    O‘lchanadigan kattalik qiymati bevosita tajribadan olinadi

    O‘lchanadigan kattalik uning birligida asbob ko‘rsatishidan olinadi

    Bunda natija tajribadan olinidi

    2

    Bevosita o‘lchashlar deb, …

    *izlanayotgan kattalikning qiymatini to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘lchash vositasining ko‘rsatgichidan olinadi.

    Kattaliklarning har xil qiymatlarini bevosita o‘lchash orqali topilgan natijalarga bog‘liq tenglamalar sistemasini echish yo‘li bilan aniqlanadi;

    o‘lchanayotgan kattalik qiymatini boshqa bir kattalikni bevosita o‘lchash natijasiga bog‘liq funksiya orqali topishgaaytiladi;

    bir vaqtda ikki yoki undan ortiq bir xil kattaliklar orasidagi bog‘lanishni topish uchun o‘tkazilayotgan o‘lchashlargaaytiladi;

    2

    Bilvosita o‘lchash

    *bevosita o‘lchangan kattaliklar bilan o‘lchana-yotgan katalik orasida bo‘lgan ma`lum bog‘lanish asosida kattalikning qiymatini topish

    o‘lchanayotgan kattaliklarning o‘lchov orqali o‘lchashni topish

    nisbiy o‘lchash

    nomdosh kattaliklarning bir vaqtda bevosita o‘lchash

    2

    Birgalikda o‘lchash deb nimaga aytildai?

    *bevosita o‘lchashdan kelib chiqqan tenglamalar tizimini echib izlanayotgan qiymatlarni topish

    o‘lchanayotgan kattalik orasida bo‘lgan ma`lum bog‘lanish asosida kattaliklarning qiymatini topish

    bevosita o‘lchash turi

    fizikaviy doimiylikning qiymatlarini qo‘llash asosida o‘lchash

    2

    Birgalikdagi o‘lchash

    *ikki va undan ortiq kattaliklar orasidagi munosabatni topish uchun bir vaqtda o‘tkaziladigan

    asos qilib olingan kattalikka nisbatan nomdosh kattaliklarning o‘lchash

    mutloq o‘lchash turi

    o‘lchanayotgan kattalikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash

    2

    Chinakam qiymat – …

    *Uni aniq o‘lchash mumkin bo‘lmagani sababli haqiqiy qiymat bilan almashtiriladi

    Namunaviy o‘lchash vositalari yordamida aniqlash mumkin

    Aniq o‘lchash imkoniyati mavjud

    Belgilangan xatolik doirasidan chiqmagan xolda aniqlash mumkin

    2

    Differensial usuli

    *o‘lchanayotgan kattalikning va o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini o‘lchash asbobiga ta`sir qilish usuli

    Nisbiy o‘lchash usuli

    O‘lchanadigan kattalik bilan birlik o‘rnida olingan kattalikni o‘lchash usuli

    Mutlaq usul

    2

    Etalon nima?

    *kattalikning o‘lchamini hosil qilish, saqlash va ularni boshqa o‘lchash vositalariga uzatish uchun xizmat qiladigan hamda fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan o‘lchovga aytiladi

    O‘lchashlar sohasidagi mavjud imkoniyat doirasida eng yuqori aniqlikda ishlangan o‘lchash vositasidir

    O‘lchov sifatida milliy metrologiya organi tomonidan tasdiqlangan o‘lchash vositasi

    Birliklar o‘lchamini ishchi o‘lchash vositalariga uzatishga mo‘ljallangan vosita – etalon deyiladi

    8.1. Standartlashtirish haqida
    Faraz qilaylik, endi dam olay deb, dam olish xonasiga kirib, chiroqni yoqqan edik, lip etib yondi-yu, o‘chdi. Nima qilamiz? Darxol boshqa lampochkani olib, almashtiramiz. Xo‘sh, buni nimasi g‘ayri tabiiy? Siz bunda kuygan lampochkani o‘rniga boshqasi aynan, ham kuchlanish bo‘yicha, ham quvvati bo‘yicha, ham o‘lchamlari bo‘yicha to‘g‘ri kelishini ostida qanchalar inson mehnati yotganligini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
    Odatda biz standart bo‘yicha degan iborani ko‘p ishlatamiz.
    Xo‘sh standart nima? Standart so‘zi inglizcha “Standard” so‘zdan olingan bo‘lib, me’yor, o‘lcham, andoza degan ma’nolarni bildirib me’yoriy hujjat nomi bilan yuritiladi. Standart - bu ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror qo‘llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatdir.
    Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga asoslangan va jamiyat uchun yuqori darajadagi foydaga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
    Standartlar darajasiga qarab, halqaro, mintaqaviy davlatlararo, milliy va korxona miqyosida faoliyat ko‘rsatadi.
    Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga qo‘yish bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o‘zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste’molchi oralaridagi munosabatlarni yaxshilashga yo‘naltirilgan.
    Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o‘z vaqtida yuqori sifatli loyiha - konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat ko‘rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo‘lsa mahsulotning ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi.
    Standartlashtirish mahsulot muomalada bo‘lganida va sotish bosqichlarida mahsulotni joylashtirish (upakovka) da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga, yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, omborlarda mahsulot sifatini buzilmay saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni tarqatish, sotish tashkilotlariga talablar belgilaydi.

    Standartlashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni


    Prezidentimiz tomonidan 1993 yilning 28 dekabrida imzolangan “Standartlashtirish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni standartlashtirish bo‘yicha qoidalar, me’yoriy hujjatlar, standartlar ustidan davlat nazorati, unga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti va ularning hayotga tadbiq etilishi, standartlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazishning yanada yuqoriroq rivojlanish bosqichiga ko‘tarilishiga asos bo‘ldi.


    “Standartlashtirish to‘g‘risida” qonun 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar 12 moddani o‘z ichiga olgan. Respublikamizda standartlashtirish tizimi, standartlashtirish ishlarini o‘tkazish, qonun hujjatlari, xalqaro shartnomalar, me’yoriy hujjatlar, davlat nazorat organlari, davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi, standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti, standartlarni qo‘llashni rag‘batlantirish bo‘yicha keng ma’lumotlar berilgan.
    Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boriladigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini “O‘zstandart” agentligi belgilaydi.
    Respublikamizda standartlashtirish ishlarini o‘tkazish-ning umumiy texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni ushbu qonunni qo‘llashga doir yo‘riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr etadilar. Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar.
    Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida standartlashti-rishga doir me’yoriy hujjatlar, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikator-larini ishlab chiqish va qo‘llash tartibi “O‘zstandart” tomonidan belgilanadi.
    Qonunning II-bo‘lim 6-moddasiga binoan standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslangan va O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo‘ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo‘yilishi alohida ko‘rsatilgan.
    Qonunda davlat yo‘li bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti, mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan va mahsulotlarni standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini olgan xo‘jalik faoliyati sub’ektlarini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi ko‘rsatilgan.



    Download 0,93 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58




    Download 0,93 Mb.