• 8.2.3. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining tashkiliy asoslari
  • Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimininghuquqiy asoslari




    Download 0,93 Mb.
    bet47/58
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #238909
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58
    Bog'liq
    “METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” MA\'ruzalar matni SIRTQI

    Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimininghuquqiy asoslari. O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni tizimning asosiy huquqiy hujjati hisoblanadi, shu asosda, yani ushbu Qonun qabul qilinishi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” gi Qonun loyihasi ishlab chiqilishi kerak.
    Inson hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi, atrof muhit muhofaza qilinishi, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalaridir. Ushbu vazifalarning amalga oshirilishi «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida», «Veterinariya to‘g‘risida», «O‘simliklar karantini to‘g‘risida», «Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan ximoya qilish to‘g‘risida», «Urug‘chilik to‘g‘risida», «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida», «Chiqindilar to‘g‘risida», «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida», «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida», «Fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risida», «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida», «O‘rmon to‘g‘risida», «Gidrotexnik inshootlarning xavfsizligi to‘g‘risida», «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida» gi va boshqa o‘nlab qonun hujjatlari orqali ta’minlanadi.
    O‘zbekiston Respublikasi mazkur masalalar bo‘yicha xalqaro shartnomalar va bitimlarda faol ishtirok etadi. Masalan atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida O‘zbekiston evropa ittifoqi, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Turkiya, Ukraina va boshqa mamlakatlar bilan bitimlar imzolagan. Ko‘rsatib o‘tilgan qonun hujjatlari, xalqaro va ikki tomonlama bitimlar ham texnik jihatdan tartibga solish tizimining huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.


    8.2.3. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining tashkiliy asoslari «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinishi munosabati bilan quyidagi qonun osti hujjatlarini tizimning tashkiliy asoslari qatoriga kiritish lozim:
    a) «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan:
    - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomi;
    - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomi;
    -2010-2013 yillar uchun texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi.
    b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi qarori.
    v) “O‘zstandart” agentligining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari haqidagi nizomini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘i.

    Download 0,93 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58




    Download 0,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimininghuquqiy asoslari

    Download 0,93 Mb.