|
Mahsulotni shtrixli kodlanishi uchun ayrim davlatlarning eAN kodi
|
bet | 55/58 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #238909 |
Bog'liq “METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” MA\'ruzalar matni SIRTQIMahsulotni shtrixli kodlanishi uchun ayrim davlatlarning eAN kodi
Davlat
kodi
|
Davlat
nomi
|
Davlat kodi
|
Davlat
nomi
|
Davlat kodi
|
Davlat
Nomi
|
93
90-91
779
54
380
789
50
599
759
400-440
489
520
57
729
|
Avstraliya
Avstriya
Argentina
Belgiya va
Luksemburg
Bolgariya
Braziliya
Buyuk Britaniya
Vengriya
Venesuela
Germaniya
Gonkong
Gresiya
Daniya
Isroil
|
539
569
84
80-83
529
690
850
750
87
94
70
590
560
460-469
888
|
Irlandiya
Islandiya
Ispaniya
Italiya
Kipr
Xitoy
Kuba
Meksika
Niderlandiya
Yangi-Zelandiya
Norvegiya
Polsha
Portugaliya
Rossiya
Singapur
|
383
00-09
869
64
30-37
859
780
73
76
860
880
45-49
478
|
Sloveniya
AQSh va
Kanada
Turkiya
Finlyandiya
Fransiya
Chexiya
Chili
Shvesiya
Shveysariya
Yugoslaviya
Janubiy
Korea
Yaponiya
O‘zbekiston
|
O‘zbekiston Respublikasida shtrix-kodlar tobora keng tadbiq etilib bormoqda. 1999 yili O‘zstandart qoshidagi metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va malaka oshirish institutida shtrix-kodlash masalalari bilan shug‘ullanuvchi markaz tashkil etildi. Ushbu markazning ta’sis etilishidan maqsad mahsulotlarni avtomatlashtirilgan tarzda identifikatsiyalash borasidagi muammolarni hal etish va bu faoliyatni keng ravishda targ‘ib etishdir Albatta, bunda xalqaro me’yoriy hujjatlarni hisobga olgan holda kodlashning standartlashtirilishi alohida ahamiyatga egadir.
O‘zbekiston Respublikasida shtrixli kodlashning tadbiq etilishi eng avvalo, 1996 yilning 26 aprelida qabul qilingan "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida" nomli qonunning 4-moddasida ko‘rsatilgan iste’molchining xarid qilinayotgan mahsulot haqida zarur va ishonchli ma’lumot olish huquqini amalga oshirishda yangi zamin yaratadi.
Shtrixli kodlash ishlab chiqarish korxonalari uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining tadbiq etilishini osonlashtiradi;
ishlab chiqarish, mahsulotni saqlash va realizatsiya qilish kabi faoliyatlardagi hisob-kitob ishlarining samaradorligini oshiradi;
resurslarni chuqur tahlil qilish imkoniyatini beradi;
hujjatlar aylanishini qisqartiradi;
mahsulotni realizatsiya qilish va harakati haqidagi ishonchli ma’lumotlarni muntazam ravishda yig‘ishni yo‘lga qo‘yish mumkin;
boshqaruv va nazorat organlariga tezkor ravishda mahsulot xususidagi ma’lumotlarni tavsiya etish.
Biroq xaridor sotib olayotgan mahsulotining faqat tayyorlangan davlati borasidagi ma’lumotnigina emas, balki tegishli barcha ma’lumotlarni ham bilishni istaydi. Bu muammo ham vaqti kelib standartlashtirish yordamida hal etilishi mumkin. Buning uchun sertifikatlashtirish yo‘li bilan tasdiqlanuvchi, standartlarning majburiy talablari ro‘yxatini kengaytirish lozim bo‘ladi.
12.3. Xalqaro ISO 9000 seriyasidagi standartlar bo‘yicha ishlarni tashkil etish
Oxirgi paytlarda 9000 seriyadagi ISO xalkaro standartlari to‘g‘risida ko‘p eshitayapmiz. Xush, bu standartlar kanday standartlar va nima uchun qo‘llaniladi?
Bu seriyadagi standartlar sifat tizimlarini korxonalarda tadbiq etishga mo‘ljallangan xalqaro modellar bo‘lib hisoblanadi.
Chet davlatlarda sifat tizimi bo‘lmagan korxona yoki firma bilan ishlab bo‘lmaydi. Chunki birinchidan hech kanday kafolat yo‘q, ikkinchidan esa siz shartnoma tuzganingizda ham, siz bilan ishlovchi boshqa sub’ektlar bundan boxabar bo‘lganlarida ularning sizga nisbatan ishonchlari kamayishi mumkin. Shu sababdan sifat tizimlariga nihoyatda jiddiy ahamiyat berishimiz kerak.
Hozirda respublikamizda xalkaro sifat tizimlarini tadbik etgan yoki bunga harakat qilayotgan korxonalar soni kun sayin ko‘payib bormokda (Chkalov nomidagi TAIChB, Qimmatli qog‘ozlar kombinati, tizimlari asosan ISO 9001, ISO 9002 va ISO 9003 standartlarida ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu modellar o‘zaro ko‘lami bilan farq qiladi.
ISOning sifat ta’minoti xususidagi asosiy standartlari:
ISO 9000, “Sifatni umumiy boshqarish va sifatni ta’minlash bo‘yicha standartlar. Tanlash va qo‘llash bo‘yicha rahbariy ko‘rsatmalar”;
ISO 9001, “Sifat tizimlari. Loyihalashda va (yoki) ishlab chiqarishda, yig‘ishda va xizmat ko‘rsatishda sifatnita’minlaydigan model”;
ISO 9002, “Sifat tizimlari. Ishlab chiqarishda vayig‘ishda sifatni ta’minlaydigan model”;
ISO 9003, “Sifat tizimlari. Tugal nazoratda va sinovlarda sifatni ta’minlaydigan model”;
ISO 9004, “Sifatni umumiy boshqarish sifat tizimlarining elementlari. Rahbariy ko‘rsatmalar”;
ISO 10011 “Sifat tizimlarini tekshirishda rahbariy ko‘rsatmalar”;
ISO 10012 “O‘lchash vositalarining sifatini ta’minlaydigan talablar”.
Bular bilan bir qatorda Xalqaro standartlashtirish tashkiloti uch tilda atamalar lug‘ati yaratgan bo‘lib, mahsulot sifatini ta’minlash sohasida ularning ta’riflarini ham ishlab chiqqan. Bulardan tashqari ISO/MEK(Xalqaro elektrotexnika komissiyasi) tomonidan ham bir qancha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.
2002 yili mazkur standartlarning yangi versiyalari qabul qilindi. Bunga ko‘ra standartlarda sezilarli darajada ham tarkibiy, ham mazmunan o‘zgarishlar kiritildi. Standartlarning soni ham 2 taga kamaydi. Agar oldingi standart (ISO 9001) bandlar 20 ta bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ular 8 taga keltirildi.
Eng asosiysi, bu standartlar ustivor sifatida sifatni doimiy tarzda yaxshilab borish siyosatini qo‘llaydi va iste’molchining talabi bajarilgan bo‘lishini talab qiladi.
|
| |