Ekspert-auditor muayyan talablarga javob berishi lozim




Download 0,93 Mb.
bet53/58
Sana16.05.2024
Hajmi0,93 Mb.
#238909
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
“METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” MA\'ruzalar matni SIRTQI

Ekspert-auditor muayyan talablarga javob berishi lozim:

  • to‘liq oliy ma’lumotli va sertifikatlashtirish sohasida yetarli bilimga ega bo‘lib, faoliyati sertifikatlashti-rishning ma’lum turi bo‘yicha attestatlangan bo‘lishi kerak;

  • oliy o‘quv yurtini tamomlagandan so‘ng kamida 5 yillik amaliy stajga ega bo‘lishi, shundan kamida 3 yili standartlashtirish, metrologiya, sinovlar, sifatni boshqarish va ta’minlash sohalarida ishlagan bo‘lishi kerak.

Ekspert-auditor chuqur bilimli, tadbirkor bo‘lmog‘i lozim. U quyidagi sohalar bo‘yicha bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi shart:

  • respublika sertifikatlashtirish milliy tizimining qoida va tartiblar;

  • sertifikatlashtirish o‘tkazish bo‘yicha bilimlar va me’yoriy hujjatlarni tushunish;

  • sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha asosiy ishlar mazmuni;

  • sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha iqtisodiy va huquqiy asoslari;

  • mamlakat ichidagi va chet ellardagi sertifikatlashtirish va akkreditlash tajribasi;

  • standartlashtirish, metrologiya va sifat tizimlarining asoslari;

  • tekshiruv o‘tkazish va sifatni boshqarishning statistik usullari.

Ekspert-auditortahlil qilish, mantiqiy asoslash, o‘zining fikrini qattiq va asoslangan holda himoya qilishlik; ijodiy qobiliyatga va murakkab vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish xususiyatlariga ega bo‘lishi; haqqoniy, ma’suliyatli, prinsipial ravishda hayrihoh, xushmuomalali, odobli va o‘zini tutabilishlik kabi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Ekspert-auditor tekshirilayotgan ob’ektning xodimlari bilan aloqada bo‘lish va kerakli hujjatlar bilan tanishish; ma’lumot uchun har qanday qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilish (sertifikatlashtirish maqsadlari uchun); tizimda amaldagi me’yoriy-uslubiy hujjat-larni takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklifini berish; sertifikatlashtiriluvchi mahsulot, jarayon, xizmatlar, sifat tizimi va ishlab chiqarish bo‘yicha rejalarni tuzatish yuzasidan o‘z mulohazalarini kiritish huquqiga egadir.
Korxonalarda sertifikatlashtirish sohasidagi ishlarni inobatga olib, sertifikatlashtirish milliy idorasi “O‘zstandart” tomonidan ekspert-auditorlar tayyorlash maxsus kurslari tashkil etilib, bu sohadagi o‘qishning tashkiliy tomonlari O‘zSMSITIning asosiy faoliyatlaridan biri deb qaralmoqda. Ekspert-auditorlarni tayyorlash odatda ikki bosqichda olib boriladi: nazariy bilimlarni olish va attestatlash natijasida ularga tegishli rasmiy hujjatlar topshirish.
Maxsus kurs tinglovchilarining nazariy bilimlarini “O‘zstandart” agentligi tomonidan tuzilgan maxsus komissiya baholaydi. Baholanish natijalari yetarli darajada bo‘lsa, ularga sertifikatlashtirish milliy tizimining ekspert-auditori degan guvohnomasi beriladi (agar attestatlashdan o‘tmasa rad etiladi).
Ekspert-auditorlar ularga yuklatilgan vazifalari bo‘yicha muayyan burch va ma’suliyatlarga egadirlar.
12.1. Mahsulot sifati va sifat boshqaruvi
Belgilangan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarining nomenklaturasini tanlash, bu ko‘rsatkichlarining qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo‘luvchi qiymatlar bilan taqqoslashni o‘z ichiga oluvchi ishlarning yig‘indisi mahsulot sifatining darajasini baholash deb ataladi. Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar ikkita turkumga bo‘linadi:

  • foydalanishda sarflanadigan mahsulot;

  • o‘z resursini sarflaydigan mahsulot.

Mahsulot sifatining ko‘rsatkichlar nomenkulaturasini tanlab olishni asoslash quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi:

  • mahsulotni ishlatilishidagi sharoitlarini va vazifasini;

  • iste’molchilar talablarining tahlilini;

  • mahsulot sifatining tavsiflanuvchi tarkibini va tuzilishini;

  • sifat ko‘rsatkichlariga bo‘lgan asosiy talablarni.

Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni to‘rt toifaga bo‘lish mumkin:

  • texnikaviy;

  • tashkiliy;

  • iqtisodiy;

  • ijtimoiy.

Texnikaviy omillarga uskunalarning jihozlanish, asboblarning hamda nazorat vositalarining, texnikaviy hujjatlarning holati; dastlabki materiallar, yarimfabrikat-larning sifati va shunga o‘xshashlar kiradi.
Tashkiliy omillarga rejalik, bir maromda ishlash, texnikaviy xizmat va uskunalarni ta’mirlash; materiallar, komplektlanuvchi buyumlar, jihozlanishi, asboblarni texnikaviy hujjatlar va nazorat vositalari bilan ta’minlanganligi, ishlab chiqarish madaniyati; mehnatni ilmiy asosda tashkil etish; ovqatlanish va ish vaqtida dam olishni tashkil etish va boshqalar kiradi.
Iqtisodiy omillarga mehnatga pul to‘lash shakllari, oylik maoshning miqdori; yuqori sifatli mahsulotni va ishni moddiy rag‘batlantirish; mahsulotning yaroqsizligi uchun oylik maoshidan ushlab qolish; uning sifat darajasi; tannarxi; mahsulotning bahosi va shunga o‘xshashlar kiradi.
Ijtimoiy omillarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish; malaka oshirishni tashkil qilish; ilmiy-texnikaviy ijodni, ijodkorlik va ixtirochilikni tashkil etish, turmush sharoitlari, o‘zaro munosabatlar, jamoadagi psixologik iqlim va tarbiyaviy ishlar kiradi.


Download 0,93 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Download 0,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekspert-auditor muayyan talablarga javob berishi lozim

Download 0,93 Mb.